Lola bu kecha uxlay olmadi.
Iztirobli xayollar
unga tinchlik bermadi. O‘ylab
qo‘ygan qarori
qanchalik qaltis bo‘lmasin,
boshqacha yo‘l
tutolmasdi. Tong yorisha
boshlaganda Lola
hayot tashvishlaridan bexabar,
pishillab uxlab
yotgan go‘dagini bag‘riga bosib,
jajji
qo‘lchalaridan qonib-qonib o‘pdi.
U go‘dagini
apil-tapil o‘rab, ko‘chaga chiqdi.
Ahyon-
ahyonda kimdir o‘tib qolishini
aytmaganda,
ko‘chada hali hech zog‘ yo‘q.
Lola ikki soatcha ko‘chada
bemaqsad, u
yoqdan-bu yoqqa yurdi. Nihoyat,
boshqa
chorasi yo‘qligini tan olib,
o‘ylagan rejasini
amalga oshirishga qaror qildi.
Mehribonlik
uyi tomon borarkan, yuragini
zilday dard
ezar, hali ayrilmagan go‘dagini
sog‘inar,
biroq ilojsizlik qarshisida
nihoyatda ojizligini
har takror-takror e’tirof etardi.
Yuzini
yuvayotgan yoshlari yuragidagi
dog‘ni,
vujudidagi sharmandalikni yuvib
ketolmasdi.
Ona yig‘isiga go‘dak ingasi
qo‘shildi.
Dunyoga kelib, ona mehri neligini
hali yaxshi
his qilmagan chaqaloq taqdiriga
bundan
battar kunlar tushishini bilmasdi,
albatta.
Lolaning dili og‘rib, go‘dagining
og‘ziga
shartta so‘rg‘ich tiqdi-da,
ko‘zlagan manzili
tomon tez-tez yurib ketdi...
Davomi bor... Faqat silka orqale! Oldindan raxmat!
http://m.odnoklassniki.ru/dk?st.cmd=altGroupForum&st.groupId=50713897271437&_prevCmd=altGroupMain&tkn=9293
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев