birgina savol,
Yana sevib qolarmikanman?
Ishq o'tiga o'zimni otib,
Yalang oyoq yurarmikanman ?
Tuyg'ularim hayajonga boy,
Ajib zavqqa to'lib-toshaman.
Tosh ko'targan paxlavonlarday,
Tog'-u, toshdan sakrab
oshaman.
Uyqu kelmas kechalarimda,
O'y-hayolning izmida bo'ldim.
Bu muhabbat tug'yonlarida,
Goh quvnadim gohi og'rindim.
Yoddan chiqmas har laxzalarni,
Muxrladim darrov yurakka.
So'zlashaman sog'inganimda,
U aylandi bir sirdoshimga.
Sevib qolganligim xatomi?
Endi nima sodir bo'ladi?
Tomog'imga sanchiladi nish,
Ko'nglim dardga mag'lub
bo'ladi.
Qayda qoldi o'sha xush damlar?
Sevgilimni topib beringlar.
Ko'rinmaydi chidolmayapman,
Sevgilimni izlab ko'ringlar.
Yo'q-yo'q ortga qaytaveringlar,
Izlamangiz, qidirmang uni.
Xotiramdan o'chirvoraman,
O'zim istab qilgayman shuni.
Kerak emas ko'ngil ozori,
Kulib jonim olguvchilar ko'p.
Dori-darmon ichgandan ko'ra,
Barchasini qo'ysam unutib.
Suymas edi menchalik meni,
Qadrimga-ku yetmadi attang.
Ketib qoldi boshqa tomonga,
Uchratsangiz qizni avaylang.
Taqdir ekan na qilay boshqa,
Chopmadida yana omadim.
Dili abgor yigit bo'lsamda,
Erta-indin kuladi baxtim.
Matonatni metindan qilib,
Peshonada borin ko'ramiz.
Go'zallarning xajrida yonib,
Nasib qilsa sevib qolarmiz !
http://m.ok.ru/dk?st.cmd=altGroupMain&st.groupId=56627807649835&_prevCmd=altGroupForum&tkn=4052
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев