Rashkda botirmanu, yoningda qo'rqoq, Hayotimni izdan chiqarib qo'ydim.
Qaniydi sevolsam hamma qatori, Yurak ham urardi bitta maromda. Azoblar "oshiqcha ishq"ning ozori, Me'yorida sevsam, edim oromda.
Hislarim ismsiz, sevgim ismsiz, Qandaydir, nimadir to'ldirgan dilni. Bilolmadim ne u, nega iznsiz? Nega ojiz qildi ta'rifga tilni?
Demak, sevibmanda afsona bo'lib, Sen esa cho'pchakka ishonding, ketding. Mening ham ketdiku paymonam to'lib, G'amdan yomoniga tashlading, ketding.
Men seni sevmagan ekanman, jonim, Bu tuyg'u sevgidan kuchli hozir ham. Sening visollingga tikkanman jonim, Sen esa ketdingda so'rmay uzr ham.
Mayli, оwig'ing ham yupanib qolar, Nomlab qo'yar, balki, ushbu tuyg'uni. Ungacha hamdardlar ko'payib qolar, Birga yengar, balki, ushbu qayg'uni.
Men seni sevmayman, bu sevgi emas, Muhabbatdan kuchli qandaydir tuyg'u...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев