Har bitta bosilgan qadam g'animat,
Qadrlab yashaylik go'zal hayotni-
Do'stlarim, odamga odam g'animat.
Boshga balo bo'lar tilning ofati,
Unutmang, bitmaydi dil jarohati,
Tirigida bo'lsin har kimning qadri,
Do'stlarim, odamga odam g'animat.
Baxt boylikda emas, insoniylikda,
Iymondan qimmatroq hech narsa yo'qda,
Shoshma, tirikchilik demagin to'xta,
Do'stlarim, odamga odam g'animat.
Mehribon, yaqinim sog'indim sizni,
Oqibat rishtasi bog'lasin bizni,
Mehr-muhabbatga buraylik yuzni,
Do'stlarim, odamga odam g'animat.
Yaxshilikdan bo'lsin har qanday suhbat,
Boshinga balodir ig'voyu tuhmat,
Diydorga to'yaylik ne berar g'iybat,
Do'stlarim, odamga odam g'animat.
Kimga omad chopib kerilib ketsa,
Boylikka mansabga berilib ketsa,
Ortidan ne qolar dunyodan o'tsa,
Do'stlarim, odamga odam g'animat.
Bugun bizga nasib etibdi diydor,
Ertaga kimdir yo'q, kimdir esa bor,
Ota onangizni etmang intizor,
Do'stlarim, odamga odam g'animat.
Qalbini tushuning Ahad Qayumni,
Yaxshilik bezaydi mening yo'limni,
Farqin anglab oling hayot o'limni,
Do'stlarim, odamga odam g'animat.
Bu hayot o'tkinchi nolam g'animat,
Otam g'animatdir, onam g'animat,
Yaxshilik tilaylik bir birimizga,
Do'stlarim, odamga odam g'animat.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев