Предыдущая публикация
Odamlar besabab go'rga tushmaydi
Vatanni olqishlab yoz deysiz, qo'ying
Vatanni sevishni o'rgatishmaydi…
Ayrimlar vatan deb yot yurtda daydir
O'zi qiynaladi, o'zi chidaydi
Har kimning iymoni o'z ichidadir
Vatanni sevishni o'rgatishmaydi…
Rayhonni hidiga to'y, deb o'rgating
Tuproqqa yuzingni qo'y, deb o'rgating
Boshqasi shunchaki o'y, deb o'rgating
Vatanni sevishni o'rgatishmaydi…
Xorazmiy kashf etgan hisoblar sabab
Qancha oqsuyaklar boyvachcha, yo Rab!
Jaloliddin, Temur raasmiga qarab
Vatanni sevishni o'rgatishmaydi…
Beruniy topgan huv Amriqoda ham
Boburni tanishar har bitta odam
U yoqda Tayson ko'p, Zamaxshariy kam
Vatanni sevishni o'rgatishmaydi…
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 2