Предыдущая публикация
Hech kim topib bilmaydigan joylarga
Ostonadan quvib - solib jo'ralar
Keyin, yo'qlab kelmaydigan joylarga
Yur, Vahobjon, uzoooqlarga ketamiz
Qalam uchi sinmaydigan joylarga
Mehmonini ho'rlaydigan dunyoni
Nazariga ilmaydigan joylarga
Yur, Vahobjon, uzoooqlarga ketamiz
Qaldirg'ochlar o'ynab yurgan joylarga
Soddagina bola edi, deb kimdir
Bizlarni ham o'ylab yurgan joylarga
Yur, Vahobjon, uzoooqlarga ketamiz
Minnat g'olib kelmaydigan joylarga
Och qorinu yupun kiyim, cho'ntakka
Ahamiyat bermaydigan joylarga
Yur, ketamiz jannatmisol joyga deb
Ertalabdan rosa uvvos soldik a…
Ehh, Vahobjon, senga jannat kerakmi
Egil, onang oyoqlari ostiga…!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1
Mani ichimdagi gaplarni yozgansiz göyo