Предыдущая публикация
Osmonning tig’lari yerning bag’rini
Tilib ketgan ekan allaqachonlar
Sabrning hech to’lmas teshik kosasi
To’lib ketgan ekan allaqachonlar
Bir zumda o’tarkan oyu yillar ham
Tabbarruk bo’larkan loyu gillar ham
Onam ekib qo’ygan rayxon gullar ham
So’lib ketgan ekan allaqachonlar
Mag’rurlik mendan hech ketmadi nari
Yig’laydi ko’nglimning nadomatlari
Toshbag’ir dunyo ham telba-teskari
Bo’lib ketgan ekan allaqachonlar
Almashinar ekan han zo’r, ham zamon
O’sha metin jon ham bugun xarob jon
Bilmagan ekanman sho’rlik Vahobjon
O’lib ketgan ekan allaqachonlar
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1