biridagi odatiy öquv kuni.
Öquvchilar darsda ötirgan
vaqtida qizlardan biri anchagina
katta miqdordagi puli
yöqolganligini aytib qoldi.
Öqituvchi ayol sinfda ög'ri
öquvchi paydo bölganidan
nihoyatda g'azablandi. U
xonadan hech kim chiqmasligini
va öquvchilarning sumkasini
bittama-bitta tekshirib chiqishini
aytib qoldi. Tekshirish birinchi
qatordan boshlandi. Öqituvchi
asabiy holatda hammaning
sumkasini birma-bir nazoratdan
ötkaza boshladi. Shu vaqtda
oxirgi qatorda ötirgan qizlardan
biri xavotirlana boshladi. U
nihoyatda hayajonlanar, qöllari
titrar, hadik bilan öqituvchiga
tikilgancha öylardi: «Navbat
menga yetib kelganida nima
qilaman? Sumkamni ochib
körishsa, sharmanda
bölamanku!» Nihoyat öqituvchi
uning qarshisiga yetib kelganida,
qiz juda bezovta, közlari mungli,
hadikdan qaltirab turardi.
Öqituvchi undan sumkasini ochib
körsatishni söraganida, qiz
sumkasini berishdan bosh tortdi.
Sinfda g'ala-g'ovur kötarildi.
Hammaning shu qiz ög'ri
ekanligiga ishonchi komil edi.
Öqituvchi bu safar baland ovozda
qizdan sumkasini berishni söradi.
Qiz rad etgach, g'azablangan
öqituvchi uning yuziga tarsaki
tushirdi va nafrat bilan pichirladi:
"Ög'ri!" Qizning lablarining bir
chetida qon izlari körindi,
yuzlariga yosh dumaladi.
Öqituvchi qizni maktab
direktorining xonasiga olib bordi.
Direktor qizdan sumkasini unga
berishni qat'iy talab qildi. Qiz
sumkasini direktorga uzatarkan,
yig'lagan ovozda pichirladi:
"...men... ilojsizlikdan...." Direktor
va öqituvchi sumkani ochib
körishdiyu bir muddat jim bölib
qolishdi. Sumkaning ichida bir
nechta non bölaklari va ovqat
qoldiqlari bor edi. Qiz mungli
ovozda hammasini tushuntirdi:
«Меn sumkamni sinfdoshlarim
oldida ochib körsatishni
xohlamadim. Ular menga past
nazar bilan qarashlaridan,
ustimdan kulishlaridan qörqdim.
Меn doim sinfdoshlarimdan ortib
qolgan non bölaklari va ovqat
qoldiqlarini yig'ib yuraman. Uyga
borganimda esa onam, men va
ukalarim bularni birgalikda
baham köramiz. Mening otam
ölgan... Onam kasal... Ukalarim
och... Bizning bundan boshqa
tirikchiligimiz yöq..» Ustozlarning
yuziga yosh sizdi. Qiz öksib
yig'lar, yuzidagi tarsaki izi esa
qizarishni boshlagandi.....
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев