Qiz juda chiroyli edi. Boshqa
qizlardan farqli ravishda hayotga
özgacha nigoh ila qarardi. 19
yoshli sohibjamol qizni tabiiy
ravishda sevuvchilar ham bisyor
edi. Lekin uni atrofdagi yigitlar
umuman qiziqtirmas, qanaqadir
özgacha bir sevgini kutardi.
Yuragining tub-tubidan uning
kelishini ham his etib turardi. Bir
kuni darsga kelganida,
partasining ustida turgan qip-
qizil atirgulni kördi. Gul bandiga
biriktirilga qog'ozchaga atiga ikki
jumla yozilgandi: "Hayot gözal..."
Negadir qizning lablarida
tabassum uyg'ondi... Keyingi
kunlarda yana bir- ikki bor bu
holat takrorlandi. Qip-qizil
atirgul va doimgi bir xil dastxat.
Qiz bu gullarning sohibi kim
ekanligiga judayam qiziqardi...
Kunlarning birida qiz uyqudan
uyg'onib, derazadan köchaga
qaradi va birdan özgacha
hayajonlanib ketdi. Röparadagi
dökonchaning oppoq devoriga
har xil böyoqlarda katta qilib
yurak shakli chizilgan, uning
ichiga qiz ismining bosh harfi
yozilgandi. Eng ajoyibi esa, surat
tagiga ösha sirli dastxat
qöyilgandi: "Hayot gözal..." Qiz
endi doim ösha sirli yigit haqida
öylardi. Uning özini kuzatib
yurganligini ham yaxshi bilardi.
Odamlar orasidan uning
qiyofasini axtarardi. Avvallari
doim öychan yuradigan qiz endi
kulib, jilmayib yurar, bu
tabassumi uni yanada jozibador
körsatardi. Qiz öziga
yuborilayotgan har bir gulni
qöliga olib zavqlanar, chindan
unga hayot judayam gözal
körinardi. Bahor tonglarining
birida velosipedda sayrga
chiqqan qiz musaffo havo va
xiyobondagi yashil gözallikdan
zavqlanardi. Lekin velosiped
g'ildiraklarini harakatlantiruvchi
zanjir örnidan chiqib ketib, qiz
töxtashga majbur böldi. U
zanjirni joyiga örnatishga
urinardi-yu buni hech
eplolmasdi.
- Balki yordamim kerakdir?
Qiz yoniga kelib töxtagan
velosipedli yigitga qaradi.
- Yöq, özim...
- Mana bunday qilish kerak, -
yigit qizning velosipedi zanjirini
örniga qöydi, - Ana böldi.
- Rahmat!
Qiz yigitga e'tibor bilan qaradi.
Yigit böy-basti kelishgan,
körkamgina yigit edi. "Ayniqsa
kulishi öziga juda yarasharkan",-
öylardi qiz.
- Arzimaydi.
Yigit öz velosipediga ötirib,
qanaqadir yoqimli kuyni xushtak
qilib chalganicha qizdan
uzoqlashdi. Qiz esa uning
ortidan bir zum termulib qoldi...
Qizga atirgullar kela
boshlaganiga bir oydan
oshgandi. Lekin, qiz haligacha
ösha sirli yigitning kimligini
bilolmasdi. Shunday kunlarning
birida qiz u- bu ishlar bilan
ushlanib, judayam kechga qolib
ketdi. Aksiga olib havoning
avzoyi buzuq, kuchli
momaqaldiroq bölayotgandi. Qiz
taksi ushlash maqsadida kollej
yonidagi bekatga kelganida
allaqachon öta shiddatli yomg'ir
boshlangandi. Uyi yaqin- u
bunaqa paytda yolg'iz ketishga
ham qörqib turgandi. Kamiga
bekatda hech kim yöq, osmonni
qoplagan qop-qora bulutlar
atrofni yanada qorong'u
körsatardi.
Hammasidan momaqaldiroqning
vahimali ovozi qizni chöchitardi.
Shu mahalda unga tanish,
yoqimli ovoz eshitildi:
- Balki yordamim kerakdir?
Bu ösha tongdagi velosipedli
yigit edi. Qiz juda sevindi. Bu
ösha yigitni yana körganligi
uchunmi yoki boshqa
sababdanmi özi ham bilmasdi.
Lekin yigitga dilidagini aytmadi:
- Yöq, özim ...
Yigit ham jilmaydi:
- Yomg'ir hali-beri tinmaydi.
- Nima, meni mashinangizda
uyimgacha
kuzatib qöymoqchimisiz? -
Menda yaxshiroq fikr bor.
Yigit shoshib qayergadir yugurib
ketdiyu, zumda qaytib keldi:
- Xösh, qalay?
Qiz yigitning qölidagi oq va
pushti rangli soyabonlarni körib
jilmaydi.
- Bahor oylarida yomg'ir mahali
piyoda yurish zavqli,- dedi yigit.
Ular yonma-yon ketib
borisharkan, qiz öziga
yuborilayotgan gullarning sohibi
shu yigit ekanligini öylay
boshladi. Buni tekshirib körish
uchun yigitga savol berdi:
- Siz yölingizda uchragan har bir
qizga shunaqa yordam qilasizmi?
- Har biriga emas ... hammasiga.
Ular kulishdi. Qiz uyi tomon
ketishayotganda ikki tomonga
ketgan köchaning yigit qaysi
tarafga burilishiga juda
qiziqayotgandi. Muyulishda yigit
qizning uyi taraf burilgach, qiz
sevindi. "Bu ösha yigit", -
öylardi- Menimcha uyingiz shu
tarafda bölsa kerak. Chunki
narigi tarafda shifoxona va
boshqa binolar, atiga bir-ikki
xovli bor. Adashmasam tög'ri
ketyapmiz,- qizning fikrini
öqigandek javob berdi yigit. - Ha,
yaqin qoldi, - xunob böldi qiz, -
aytingchi, hayotni qanday
ta'riflaysiz?
- Menimcha bunaqa sharoit va
vaqt uchun noörin savol,- kuldi
yigit.
Ular qizning uyiga
yaqinlashishgandi.
- Buyog'iga özim ketaman, sizga
katta rahmat. - Soyabon sizda
qola qolsin, menga oq ranglisi
köproq yoqadi.
"Ey Xudo, - hayolidan ötkazardi
qiz, - mening pushti rangni
yoqtirishimni ham bilarkan!"
- Mayli xayr, - yigit ortga ön
qadamlar tashlagach qiz uni
töxtatdi:
- Hey!
Yigit ögirilib qaradi.
- Savolimga javob bermadingiz.
Yigit ösha yoqimli tabassumida
jilmaydi
va baland ovozda baqirdi: -
Hayot gözal!
Qizning yuragi juda-juda tez va
baland urardi. Qiz ayni damda
baland musiqa eshitayotgandek
öz yuragining dukurini
eshitib turardi. U
hayajonlanganidan yomg'irni
ham ilg'amasdi. U tanish yoqimli
musiqani xushtak qilib chalib
ketayotgan yigitning ortidan
qarab qoldi...
Ertasi kundan boshlab qizga
negadir gul kelmay qöydi. Qiz
endi juda ham öychan bölib
qoldi. U yigit haqida kun-u tun
öylardi. Xuddi hozir balki
yordamim kerakdir, deb paydo
böladigandek tuyulardi. Lekin
yigitdan ham atirgullardan ham
darak bölmasdi. Shu bir-necha
kun ichida qiz özi bilmagan
holda yig'lab ham yuborardi. Ha,
qiz sevib qolgandi. Lekin buni
hali özi bilmasdi. Nihoyat bir
kuni ösha kutilgan ovozni
eshitdi:
- Salom!
- Salom, - javob berdi qiz.
- Biroz aylanib kelmaymizmi? -
Bahor oylarida yomg'irsiz havoda
piyoda yurish ham zavqlimi?
- Albatta.
Ular birinchi marta körishishgan
xiyobonni sayr qilishdi. Qiziq
mavzularda
suhbatlashishdi. Nihoyat yigit
qizga bir dona qip- qizil atirgul
tutdi. Qiz gulni oldiyu uning
bandiga köz yugurtirdi.
Qog'ozcha yöq edi. Savol
nazdida yigitga qaradi. Yigit har
doimgidek kulib turardi.
- Mana u, - yigit qöllarini yozdi.
Uning kaftiga böyoq bilan ösha
dastxat yozilgandi: "Hayot
gözal..." Keyingi kunlar xuddi
shirin tush kabi tez ötardi. Qiz
yigit sevgi izhor qilganidan keyin
özi ham uni sevishini anglab
yetdi. Chindan ular u-n hayot
judayam chiroyli va zavqli
körinardi. Qiz qachonlardir
kutgan hayoliy röyo haqiqatga
aylanganidan baxtiyor edi. Juda
ham chiroyli muhabbat edi bu...
Yigit rassom edi. Qizga juda
chiroyli tabiat manzaralarini
körsatardi. Qiz xuddi ertaklar
olamiga tushib qolgandek baxt
va sevgidan sarmast yashardi.
Yigit qizga portret sovg'a qildi.
Qiz öz suratiga qaradi. Judayam
nafis va chiroyli chizilgandi.
- Nega meni bulutlar orasida
turibman? Söradi qiz.
- Chunki sen mening
farishtamsan,- javob berdi yigit.
Har bir kuni gözal edi bu
sevgining...
Lekin öshanda qiz hali özini
oldinda nimalar kutayotganini
bilmasdi...
Kuz kelgach, bir kuni ular odatiy
uchrashadigan xiyobonga yigit
kelmadi. Qiz ancha vaqt kutdi,
xavotir oldi. Ertasiga yigit bilan
körishganida yigitning
nimadandir
xafaligini payqadi. Yigit
odatdagidek jilmayardi, lekin bu
tabassum ortida juda ham
özgacha mahzunlik sezilardi.
- Nima böldi?
- Hech narsa. Kecha unutibman,
kechir azizam. Shuncha vaqtdan
beri atiga yarim daqiqaga
kechikmagan yigitning
uchrashishlarini unutib qöyishi
mumkinligiga qiz ishonmasdi.
Lekin ösha kuni u hech narsa
demadi. Keyingi kunlarda ular
yana odatdagidek
vaqtlarini xushchaqchaqlik
bilan ötkazishardi. Lekin qiz
negadir yigitning közlariga
boqqanida yashirin bir ma'noni
sezardi. Yigitning doimgi
tabassumi bu sirni qiz bilib
olishiga imkon bermasdi. Yigit
qiz bilan köproq vaqt birga
bölishga urinardi. Soatlab
yonma-yon ötirardilar...
Bir kuni qiz yana uzoq vaqt
xiyobonda yigitni kutib qoldi.
Yigitdan xabar bölavermagach
ketmoqchi böldi. Lekin shu
vaqtda uzoqdan yigit körindi.
- Salom, - dedi yaqin kelgach.
- Nega bunaqa yuryapsiz,
oyog'ingiz og'riyaptimi?
- Ha, jin ursin, velosipeddan
yiqildim.
Ular odatdagidek örindiqqa
ötirgan köyi, quyosh botishini
tomosha qildilar...
Ösha ondayoq qizning yuragi
nimadandir öta g'ash edi. Balki,
ösha kuni qizning yuragi yigit
bilan shunday sönggi bor
yonma- yon ötirganliklarini
sezgandir... Ertasiga qiz yigitning
shifoxonada ekanligini
eshitganida, karaxt bölib qoldi.
Ming xavotir ila tezda yetib keldi.
Uni yigitning yoniga qöyishmadi.
Bilsa, yigit juda og'ir kasal ekan.
Kechagi kun tongda kasali xuruj
qilgan va kasalxonaga
keltirishgan ekan.
- Unga yurish mumkin emasligini
aytgandik. Lekin u kechroq
kasalxonadan qochib ketibdi.
Mana oqibati. U oyoqlarini his
qilmaydi. Shol...
Qiz titrab ketdi. Közlariga quyilib
kelayotgan köz yoshlarini töxtata
olmasdi. Xamshiraning sönggi
gaplari öta dahshatli ovoz bölib,
qizning quloqlari ostida
jaranglardi: U oyoqlarini his
qilmaydi... Shol...
Yigit uyg'ongach qiz uning
yoniga kirdi. Yigitning ahvolini
körib, battar siqildi. U yig'lardi,
yigit közlarini shiftga tikkancha
gap boshladi:
- Bilasanmi, seni birinchi marta
körganimda maktabda 7- sinf
eding. Öshanda pushti lenta
taqvolganding...
Yigit biroz tin olgach davom etdi:
- Biram chiroylisanki... Sen bilan
juda shirin hayot kechiraman
deb öylagandim... Buni qara,
baribir peshonaga yozgani
bölarkan...
- Bas qiling!
Qiz köz yoshlariga erk berdi.
Juda ham ezilib yig'lardi.
- Yig'lama. Beri kel, muhim bir
gap aytaman. Qiz yigit aytgandek
qildi. Yigit qizning yuzini
silagancha shunday dedi:
- Qachon hayotda nimadandir
siqilsang, kimnidir sog'insang,
köz yoshlaringni mana bunday
qilib sidirib tashla, - yigit
barmoqlari bilan qizning
közlaridagi yoshni artdi,- Chunki
Hayot gözal...
Qiz shu kuni tongga qadar
yig'ladi. Ösha tunda u yigitni
qanchalar sevishini tushundi.
"Men baribir umrbod u bilan
qolaman",- qaror qildi qiz.
Ertasiga shifoxonaga kelgan qiz
yigitni topolmadi. Unga yigitni
tongda Germaniyaga olib
ketishganligini aytishdi. Qiz
holsiz devorga suyanib qoldi.
Uning boshida million xil
hayollar aylanardi. Nega? Öylardi
u. Shu mahalda unga bir
xamshira qip- qizil atirgul keltirib
berdi. Qiz yigit bergan sönggi gul
bandidagi qog'ozchani titragan
qöllari bilan arang ochdi. Unda
shunday yozilgandi: " Bilasanmi,
doktorlar mening tirik
qolishimga deyarli umid yöq
deyishdi. Insult xavfi kundan-kun
oshib borarkan. Sen meni baribir
tashlab ketmasding. Men esa
sening judayam baxtli
bölishingni istayman... Men juda
uzoqqa ketyapman. Bilasan-a,
seni judayam sevaman. Agar sen
ham meni zarracha sevsang,
ötinaman, men uchun ham
baxtli hayot kechir. Sira ham
yig'lama. Yig'laganingda meni
yuragim og'riyotgan böladi.
Kelishdikmi?
Men uchun esa baribir hayot
gözal. Ehtimol, ertaga uyqudan
uyg'onmasman, lekin hayotim
juda gözal. Chunki unda sen
borsan..."
m.odnoklassniki.ru/dk?st.cmd=altGroupMain&st.groupId=52944351658095&_prevCmd=userAltGroups&tkn=4694
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 9