Dil sanchar, qon sachrar og`riq ildizmi,
Tindizmi, ko`ndizmi yoki sindizmi,
O`zingizdan sovib qoldizmi yoki,
Yana bilmay sevib qoldizmi yoki? Boshqalar mendaymas ko`zizga qarang,
Bir aytdim qo`ydim-da o`zizga qarang,
Ming tusda tovlanar yuzizga qarang,
Tanlab tanxosini topdizmi yoki,
Uning xam oyog`in o`pdizmi yoki? Yoki yarim tunda uyiga borib,
Go`yo farishtadek ko`nglingiz yorib,
Ilondek chirmashib qo`yniga kirib,
To`shagida zahar tutdizmi yoki,
To tonggacha chaqib yotdizmi yoki? O`zi men axmoqman, hayolparast go`l,
Do`stlarim koyidi shoir sevmay o`l,
Tushimda olisdan chorlaydi bir qo`l,
Muxabbat qo`l etmas yulduzmi yoki,
Hatolar bir umr afsusmi yoki? Dunyoni tushundim faqat qiynalsam,
Ho`sh, nima bo`lardi sizga uylansam,
Hudo bir asrabdi endi o`ylansam,
Birga yasholmasdik sezdizmi yoki,
Mening sof qalbimdan bezdizmi yoki? Toshda gul unsa xam ildiz otmaydi,
Oshiqlar xislarin arzon sotmaydi,
Sizning ozoringiz jonga botmaydi,
Ishq yo`li shunchalar qaltismi yoki,
Xar qadam ming bitta hadismi yoki?
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев