Предыдущая публикация
Sening iforing meni mayt qildi gulim
Sen ila menga ko'rinar bu dunyo so'lim
Sen bilan birgadir mening hayot yo'lim
Sensiz yashamoq men uchun o'lim
Butun dunyo bizga qarshilik qilsa ham
Hijron alamlar yuragimiz tilsa ham
Hayot bizga beshavqatligin qilsa ham
Baribir biz birga bo'lamiz gulim
Bag'ringga boshim qo'yib tinch bo'laman
Menga ishongin gulim seni sevaman
Agar bir kun kelib ajralsam agar
Bag'ringga boshim qo'yib, sevib turib o'laman
Meni sog'inch qiynadi,hijron qiynadi
Bizga bu dunyo ham shavqat qilmadi
Shunda ham yuragim sevishdan hech tinmadi
Qancha azoblansada yurakdagi sevgi guli sinmadi
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев