Предыдущая публикация
Yurakda qoldirib jafo izini,
Esimni tanibman boshimda tashvish,
Sog'inib ketdim-a bahtning isini.
Bahor ham ko'nglimda kuzga o'xshaydi,
Hazondek uchirib, yelga tashlaydi,
Oftobning tafti ham muzdek tishlaydi,
Sog'inib ketdim-a bahtning isini.
O'ylab qolaman baht bormikin o'zi,
Yoki ko'r ekanmi taqdirning ko'zi,
Hayotim men sendan emasman rozi,
Sog'inib ketdima bahtning isini.
Qaerdan topayin ahtarib izlab,
Kelsa yurar edim avaylab sizlab,
Iltijo qilaman hasratla bo'zlab,
Sog'inib ketdim-a bahtning isini
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев