Ushbu bo'limda niyatni xolis
qilish, yomon gumonga
bormaslik, biror amal qilganda
uni ixlos bilan bajarish lozimligi
va kishilarni yaxshilikka
chaqirishning fazilatlari haqidagi
maqol va hikmatlar keltiriladi.
ﺃَﺧْﻠَﺺَ ﺍﻟﻨِّﻴَّﺔَ ﻭَﺑَﺎﺕَ ﻓِﻰ ﺍﻟﺒِﺮِّﻳَّﺔِ
Niyatni xolis qilgan kishi
yaxshiliklar qozonadi.
O'zbek tilidagi muqobil shakllari:
Dili pokning ishi pok.
* * *
Dili pokning yo'li pok.
* * *
Dili to'g'rining yo'li to'g'ri.
* * *
Yomonning niyati buzuq.
Inson qilayotgan sa'y-
harakatining qanday natija
berishi, albatta qalbidagi niyatiga
bog'liq. Albatta har bir inson
hayotda niyat qilgan narsasiga
erishishga intiladi. Yaxshi niyat
qilgan bo'lsa, yaxshilikka, yomon
niyat qilgan bo'lsa, o'sha
maqsadga etadi. Ushbu maqolda
niyat yaxshi bo'lsa, ko'plab
yaxshiliklarga erishish
mumkinligi aytilmoqda. Niyatni
xolis qilish uchun, avvalambor,
kishining qalbi toza, ma'naviy
illatlardan xoli bo'lishi lozim. Kishi
qalbining pokligi uni ezguliklar
sari etaklaydi. Hadisi shariflarning
birida: “Albatt amallar niyatga
bog'liqdir”, deb aytilgan. Demak,
inson doim har sohada, har bir
pok va halol ishda niyatini
yaxshilashi lozim.
ﺃَﻟﺪَّﺍﻝُّ ﻋَﻠَﻰ ﺍﻟﺨَﻴْﺮِ ﻛَﻔَﺎﻋِﻠِﻪِ
Yaxshilikka yo'llovchi uni
qilguvchi kabidir.
Ya'ni, agar kishi bir yaxshi amalni
bilsa va uni boshqa odamga
o'rgatsa, o'sha odamning qilgan
amaliga olgan savobi o'rgatib
qo'ygan odamga ham beriladi.
Ushbu maqoldan inson hech bir
og'irliksiz ko'plab savob va
yaxshiliklarga erishishi
mumkinligi ma'lum bo'ladi.
Yaxshilikni ta'lim bergan odamga
bunday marhamat ko'rsatilishiga
sabab, agar u o'rgatmasa,
boshqalar ham yaxshi ishlar
qilmas edilar. Shuning uchun,
inson doim o'zgalarni yaxshilikka
chaqirib, o'zi ham ezgu amallarni
qilishi kerak. Shunda banda
dunyo va oxiratda ko'pgina
manfaatlarga erishadi.
ﻻَ ﺗَﻌْﻤَﻞِ ﺍﻟﺨَﻴْﺮَ ﺭِﻳﺎﺀً ﻭَﻻَ ﺗَﺘْﺮُﻛْﻪُ ﺣَﻴَﺎﺀً
Solih amallarni riyo bilan qilma,
lekin odamlardan uyalib
tashlab ham qo'yma.
O'zbek tilidagi muqobil shakllari:
Yaxshilik qil, daryoga tashla, baliq
bilar,
Baliq bilmasa, Xoliq bilar.
* * *
Yaxshilik qilsang yashir,
Yaxshilik ko'rsang oshir.
Inson biron-bir yaxshilik qilsa,
uni odamlar uchun, ular gapirsin
yoki ko'rsin deb emas, balki
barcha yaxshiliklarni xolis Alloh
yo'lida qilishi matlubdir. Shunda
u ko'plab ajr-savobga erishadi va
har xil gap-so'zlardan yiroq
bo'ladi. Lekin odamlardan uyalib,
yaxshilikni tark qilish ham to'g'ri
emas, chunki doim ham
yaxshilikni yashirin tarzda
qilishning iloji bo'lmaydi. Shuning
uchun, inson ezgu ishlarni o'ziga
o'xshagan ojiz insonlardan biron
narsa ta'ma qilmagan holda xolis
Alloh uchun qilishi maqsadga
muvofiq.
ﺃَﻟﻈَّﻦُّ ﺍﻟﺴُّﻮﺀُ ﻳُﺆَﺩِّﻯ ﺟَﻬَﻨَّﻢَ
Yomon gumon jahannam sari
etaklaydi.
O'zbek tilidagi muqobil shakli:
Qora ko'ngil – yara ko'ngil.
Bu erda odamlardan yomon
gumon qilish, ular haqida asossiz
xayollarga borish yaxshi emasligi
ta'kidlanmoqda. Chunki yomon
gumon tufayli kishilar orasidagi
mehr-oqibat, o'zaro ishonch hissi
susayadi, har xil
kelishmovchiliklar yuzaga keladi.
Yomon gumon, o'z navbatida,
sohibini yomon taassurotlar
ostida yomon ishlarni qilishga
sabab bo'ladi. Shuning uchun
inson har bir holat va vaziyatni
aql mezonida o'lchab, so'ngra bir
qarorga kelishi va odamlar
haqida yomon gumonga
bormasligi lozim. Shuningdek,
doim ziyrak bo'lish ham talab
etiladi, toki odam har xil hiyla-
nayranglarga aldanib qolmasin.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1