nimada?
Savol: assalomu alaykum va
rahmatullohi barokatuh. Iltimos,
yordam bering! Men vahimaga
tushib qolganman. Meni qo'rquv,
har hil narsalarning ko'zimga
ko'rinishi, dahshatli tushlar va
ularda marhumlarni ko'rish,
tinimsiz bosh og'rig'i bezovata
qilib kelmoqda. Doktor qabulidan
o'tdim. Alhamdulillah, sog'siz,
dedi. Har xil dorilar ichib ko'rdim.
Har taraflama yo'llarini qidirishga
urindim. Shifo Allohdan deb, duo
qilyapman. Hozirda ancha
yaxshiman. Lekin bir-bir
vahimaga tushib qolaman. Vaqti-
vaqti bilan miyamni har xil buzuq
fikrlar qamrab oladi. Iloji boricha
o'ylamaslikka va o'zimni
chalg'itishga harakat qilaman.
Savolim, ushbu holatdan chiqib
ketishning yo'llari bormi? Menga
qanday tavsiyalarni bera olasiz?
Javob: va alaykumus salom va
rahmatullohi va barokatuh. Siz
ruhiy tarafdan muammoga duch
kelgan ko'rinasiz. Shukrki,
moddiy kasalliklaringiz yo'q ekan.
Endi ruhiy-ma'naviy tarafdan
sog'liqqa harakat qilish kerak.
Qo'rqinchli tushlar, vahimali
o'ylar, bu hammasi vasvasa va
yana ba'zi biz bilgan va bilmagan
narsalar ta'sirida bo'lishi
mumkin. Buning uchun, avvalo,
ibodatlarda mustahkam bo'lish
kerak. Yana poklikka ahamiyat
bering. Ayniqsa, tana va libosga
nopok narsalar, jumladan, bavl
tegishidan saqlaning. Chunki bavl
vasvasaga sabab ekani aytilgan.
Keyin besh vaqt namozdan so'ng
ko'proq zikr-tasbeh va duolar
bilan mashg'ul bo'ling.
Namozdan so'ng Oyatul kursiyni,
albatta o'qing. Bunda juda katta
manfaatlar bor. Oyatul kursiyni
yotishdan oldin ham ixlos bilan
o'qisangiz, inshaalloh, uyquda
xotirjamlikka erishasiz, yomon
tushlar ko'rishdan salomat
bo'lasiz. Alloh sizga hamda
barcha mo'min bandalarga ruhiy
va moddiy salomatlik bersin!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев