Kompyuter inson aql-idroki
natijasida qo'lga kiritilgan buyuk
kashfiyotlardan biridir. Ammo bir
narsani unutmaslik kerak, o'sha
kompyuter insonga o'xshatib,
yana aniqroq qilib aytganda
insondan andoza olib yasalgan.
Unda insonga xos bo'lgan yodda
saqlash, hisoblash kabi
xususiyatlar bor.
Inson va kompyuterning bir-
biriga o'xshash va farqli
tomonlari ko'p. Masalan, ikkisi
ham ma'lumotni saqlab qolishi,
uni tahlil qilishi mumkin. Farqli
tomoni shundaki, kompyuter
ma'lumotlarni cheklanmagan
miqdorda o'ziga singdiradi.
Inson xotirasi esa
chegaralangan. Buning sababini
bilasizmi? Kompyuter o'z nomi
bilan kompyuter. Unda shu'ur,
tuyg'u, mehr-muhabbat kabi
hissiy tushunchalar yo'q. Inson
esa bunday xislatlardan begona
emas. Ma'lumki, insonning
qayg'urishi, g'am chekishi, biron
narsadan umidsizlanishi uning
xotirasiga ta'sir qilmay qolmaydi.
Agar kopmyuterda ham hissiyot
bo'lganida uning ham
imkoniyatlari bizniki kabi
cheklangan bo'lardi, nazarimizda.
Kompyuterning insondan asosiy
farqi shundaki, inson fikrlaydi,
o'ylaydi, mushohada yuritadi, ikki
narsani bir-biri bilan solishtiradi.
Kompyuter esa bunday
xususiyatdan begona. Albatta bu
erda insoniy nuqtai nazardan
fikrlash, o'ylash nazarda
tutilmoqda. aslida raqamlarni
hisoblash, qo'shish va ayirishda
kompyuterning oldiga
tushadigani yo'q. Ammo inson
baribir kompyuterdan ustun.
Sababi u o'z nomi bilan inson.
Ba'zilar kompyuterni insondan
ko'ra aqlliroq, deb o'ylaydilar.
Bunga uning xotira sig'imi
ko'pligini sabab qilib keltiradilar.
Endi bir o'ylab ko'raylik. Agar ilm
faqat yodlashdangina iborat
bo'lsa, xotirasi kuchlilarning
hammasi olim bo'lmasmidi.
Aslida ilm yodlash, ma'lumotlarni
eslab qolishdangina iborat emas.
U birinchi o'rinda mushohada,
tahlil va fikrlash bilan mukammal
bo'ladi. Shunday ekan,
kompyuterni insondan ustun
qo'yish qaysi haqiqatga to'g'ri
keladi?!
Bu ikkisi o'rtasidagi farq va
tafovutni tushuntirish uchun
masalaga boshqa tarafdan
yondashamiz. Ma'lumki, insonni
Alloh yaratgan. Alloh yaratgan
narsalarda biron nuqson bo'lishi
mumkin emas. U Zot insonga eng
oliy tuyg'ularni bergan. Uni
maxluqotlar ichida eng
mukammali qilgan. Kompyuter
esa o'sha insonning eng oxirgi
kashfiyoti, ilmiy izlanishlari
mahsuli. Odamzot bu kashfiyotni
yaqin yillar ichida qilgan va yil
o'tgan sari uni takomillashtirib
bormoqda. Endi ayting, Alloh
yaratgan inson mukammalroqmi
yoki o'sha inson bolasining
kashfiyotimi? Biz bu bilan insonni
barcha tirik va jonsiz narsalardan
afzal ekanini ta'kidlamoqchimiz.
O'z navbatida o'sha ulug' va
mukarram inson barcha
narsaning yaratuvchisi bo'lgan
Allohga ibodat qilishi, U Zotga
bo'ysunishi, amriga itoat etishi
lozim. Shundagina inson o'zining
mukarramligini saqlab qoladi.
Shundagina inson oddiy
matohlardan ustun bo'ladi va
o'ziga o'xshagan odamlarni ham
shu texnikalardan afzal, deb
biladi. Shundagina inson dunyo
va oxiratda katta yutuqqa
erishadi.
Odilxon qori Yunusxon o'g'li
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев