man etilgan?
Savol: Dinimiz hukmiga ko'ra
musulmonlarga nimalar
iste'mol qilish man etilgan?
Javob: Islom halollik va pokizalik
dinidir. Shuning uchun ham
musulmonlar iste'mol qiladigan
ovqatlar halol va pokiza bo'lishi
kerak. Alloh taolo Qur'oni
karimda bunday marhamat
qilgan: «Darhaqiqat, Biz Odam
bolalarini aziz-mukarram qildik
va ularni quruqlik, suvda
yuradigan qilib qo'ydik hamda
ularga halol-pok narsalardan
rizq-ro'z berdik».
Musulmonlarga Allohdan
boshqaning nomini atab
so'yilgan hayvonlarning go'shtini,
yovvoyi, yirtqich hayvonlar va
yirtqich parrandalar go'shtini,
to'ng'iz (cho'chqa) go'shtini
eyish man etilgan. Musulmonlar,
shuningdek, halol hayvonlarning
qonini, jinsiy a'zolarini, bezlarini
va o't pufagini, o'limtiklarni eyishi
mumkin emas. Uy hayvonlaridan
mol, tuya, qo'y, echki, suv
hayvonlaridan baliq go'shti halol.
Ot go'shti halol. Chigirtkadan
boshqa barcha hasharotlar esa
harom.
Dinimizda mast qiluvchi
ichimliklar, giyohvand moddalar
ham harom qilingan.
Ichkilikbozlik barcha
kulfatlarning, jinoyatlarning
onasidir, jamiyatni buzuvchi va
insonlarni halokatga olib
boruvchi ofatdir. Shuning uchun
Rasuli akram (sollallohu alayhi va
sallam): «Bir marta xamr (aroq)
ichgan odam qirq kunlik namoz
savobidan mahrum bo'ladi,
mabodo ichib turib o'lsa,
do'zaxga tushadi», deb
uqtirganlar.
Nega ba'zi narsalarning
iste'moli harom qilingan?
Savol: Ba'zi narsalarning
iste'moli nega harom qilingan?
Buning sabablari ham
ko'rsatilganmi?
Javob: Dinimizda narsalarning
iste'moli to'rt sababdan biriga
asosan harom qilingan. Ulardan
birinchisi insonga oziq bo'lishga
yaroqsizligidir. Tuproq, pashsha
kabi narsalarning iste'moli man
qilinishiga sabab shudir.
Narsaning ta'ban jirkanchligi va
zararli bo'lishi ham uning
iste'moli harom qilinishiga
sababdir. Qurbaqa, toshbaqa
kabilar shunga asosan harom
hisoblanadi.
Narsaning najasligi, ya'ni iflosligi
(masalan cho'chqa go'shti) uning
haromligiga asosdir. Bu uchinchi
sababning misollari juda ko'p.
Narsaning hurmati va ehtiromi
ham uning iste'moli haromligiga
bois bo'ladi. Inson a'zolari
iste'moli shuning uchun man
qilingan (Abdulaziz Buxoriyning
«Kashful asror» kitobidan).
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев