“Kelin bo'lib tushgan
xonadonimdagi insonlarning
hech qaysisi ibodatda emas, uni
ustiga janjal ko'p bo'ladi”, - deya
qabulga kelgan ochiq-sochiq
kiyingan 28 yoshlardagi kelin
so'zini boshladi. “Turmush
o'rtog'im o'zgarib qolganlar,
menga e'tiborlari yo'qola
boshlagan. Shuning uchun tez-
tez janjallashib turamiz. Qanday
yo'l tutishni bilmayotibman”, -
deb maslahat so'ragani kelgan
bu kelinni boshqa muammolar
ham qiynayotganini bilish qiyin
emas edi.
“Oilangizda necha kishisizlar?
Qayni bo'yinlaringiz bilan
munosabatlaringiz qanday, gapni
shundan boshlasak”, - deb
so'radim. Shunda ayolni avzoyida
o'zgarish bo'lganini sezib,
“Ochiqchasiga aytsangiz, balki siz
o'ylab, echimini topa olmayotgan
muammolarga birgalashib echim
toparmiz”, - deb ta'kidlab
qo'ydim.
Bir oz o'ylanib, ayolning gaplarini
eshitib, hayratimni ichimga
yashirishga majbur edim.
“Oilada qaynonam, qaynotam,
qaynog'am oilasi va bizlar
turamiz. Ikkita qizim bor. Ammo
oiladagi muhitdan qiynalib
ketdim. Sizga to'g'risini aytsam,
qaynotam va qaynog'amning
menga boshqacha ko'z bilan
qarashlari, erim yo'g'ida har xil
gaplarni gapirishi yoqmaydi. Buni
erim ham sezgandek, uyimizdan
janjal arimay qoldi. Men nima
qilishni bilmay qoldim”.
Ayolning tashqi ko'rinishiga razm
solib, so'radim: “Kechirasiz, uyda
ham shunaqa ko'rinishda
yurasizmi?”. - U javob berdi: “Ha,
shunday kiyinish o'zimga ham,
erimga ham yoqadi”.
Ayol bosh yalang, kuylagining
uzunligi tizzadan ancha yuqorida,
engi yo'q. Uning ustiga kuylagi
harir ko'rinishda. Oyog'iga kiyib
olgan matohi shu qadar yupqaki,
hammani e'tiborini tortishi tabiiy
hol edi.
Ayoldan so'radim: “Eringiz rashk
qilmaydilarmi? Bunaqa kiyim
bilan nafaqat ko'chada, balki
qayni bo'yinlaringizni oldida ham
yurish to'g'ri kelmaydi”. Ayolning
javobi tayyor edi: “Menga
shunaqa yurish yoqadi”.
Keyingi vaqtlarda kelinlarning
qaynotalar, qaynukalari yoki
qaynog'alari bilan noshar'iy
munosabatlari haqida turli
gaplarni eshitib qolamiz.
Chuqurroq mulohaza qilsak,
erkaklarni chegaradan
chiqaradigan, ahloqqa zid
muomala qilishga aynan
ayollarimizning ochiq-sochiq
kiyinishlari sababdir.
Bundan o'ttiz-o'ttiz besh yil ilgari
oilamizda adamlar televizor
ko'rib o'tirganlarida oilaviy bo'lib
o'tirsak ko'rar edik, ammo
adamlani bir o'zlari bo'lsa,
yonlarida o'tirishga jur'at qila
olmas edik. Buvimlar rahmatlik,
“Meni homiladorligimni
qaynotam rahmatlik
tuqqunimcha bilmaganlar.
Kiyimni sal kengroq kiyish kerak.
Ayol boshyalang yurmasa,
shunda hayosi o'zi bilan bo'ladi”,
- deb ko'p ta'kidlar edilar.
Hozirda esa ko'cha-kuyda
ayollarimizni, hatto yoshi katta
ayollarimizni kalta, harir
kuylaklarda ko'rib qolamiz.
Ulardan yoshlarimiz ibrat olib,
“Kiysa bo'lar ekan” degan fikrga
borib qolishmoqda.
Avvallari hovlilarda ichki hovli,
tashqi hovli bo'lar edi.
Hovlilarning bunday qurilishi ayol
va erkaklarning alohida kutish
yoki ayol-erkaklarni aralashib
yurmasligi ko'zda tutilgan.
Hozirgi vaqtda ham mana
shunday hovlilar saqlanib
qolingan. Ammo avvalgi hayo,
uyat kamaygandek.
Kelinning boshida ro'moli, atlas
kuylagidan bilar edik kelinligini. U
vaqtdagi kelinlarda kuylak, lozim,
ro'moli bilan hayosi, ibosi, qayni
bo'yinlar bilan masofani qattiq
ushlab, muomala qilishligi bilan
ajralib turishar edi. Bundan
tashqari kelin oilada eri yoki
qaynonasi bo'lsagina boshqalar
bilan birga o'tirgan. Qaynota yoki
qaynog'a bilan bir xontaxta
atrofida yolg'iz o'tirilmagan.
Chunki bunday hollarda fitna
bo'lishi tabiiy holdir.
Hozirda esa ko'cha kiyimi, uyda
kiyiladigan kiyim, yotoq
kiyimlarni bir-biridan farqi
bo'lmay qoldi. Turmushga
chiqmagan qiz yoki kelinmi uni
ham farqlab bo'lmaydi.
Ayol iffatli, nomusli va andishali
bo'lishi uchun avvalo hulqi, odobi
go'zal bo'lsa, yaxshilik tomon
o'zgarishi mumkin.
Ayollarimizdan, kelinlarimizdan
hayo pardasi ko'tarilmasin, hayo
pardasi ko'tarilgan oilalarda
erkaklar oriyatlarining darz
ketishi, oilaviy tanazzullar,
norasida go'daklarning ko'z
yoshlarining to'kilishi yuz beradi.
Munira ABUBAKIROVA
O'zbekiston musulmonlari
idorasi mutaxassisi
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 6