masala xususida
Savol: assalomu alaykum, qori
aka. Iltimos, menga ayollarning
bir-birlari bilan o'pishib
ko'rishishlari haqida tushuncha
bersangiz? Yana bir savol: ayollar
ko'pchilik bo'lib hammomda
yuvinganlarida avrat masalasi qay
tartibda bo'ladi? Javoblar uchun
oldindan rahmat. Martabangiz
bundan ham ziyoda bo'lsin!
Javob: va alaykumus salom. 1.
Muslima ayol boshqa ayolning
og'zi, yuzi, qo'li yoki boshqa
a'zolarini shahvat bilan o'pishi
yoki quchoqlashi joiz emas.
Ammo ko'rishganda yoki
xayrlashayotganda og'zidan
boshqa joylaridan hurmat va
shafqat ma'nosida o'psa bo'ladi.
Vallohu a'lam!
2. Hanafiy, molikiy va shofe'iy
mazhabi ulamolariga ko'ra,
begona kofir ayol muslimaga
nisbatan xuddi begona kishi
hukmidadir. Shuning uchun
uning muslima ayol badaniga
qarashi joiz emas. Muslima ham
uning oldida libosini echishi
mumkin emas. Xabarlarda
kelishicha, Umar roziyallohu anhu
Ahli kitoblardan bo'lgan ayollarni
muslimalar bilan birga
hammomga kirishdan qaytargan.
Faqihlar ittifoqiga ko'ra,
muslimaning boshqa bir
muslimaga nisbatan avrati xuddi
erkakning erkakka nisbatan
avrati kabidir: bir muslima ayol
boshqa muslimaning kindik va
tizza orasidagidan boshqa
barcha a'zolariga qarashi joiz. Bu
ularning jinslari bir bo'lgani va
bir-birlariga nisbatan shahvat his
qilmasliklari sababidandir. Ammo
muslima boshqa bir ayolga
shahvat bilan qarashi harom
sanaladi.
Muslima ayol muslimalar bilan
hammomga kirganida kindik va
tizza orasidagi joylaridan boshqa
hamma a'zosini ochishi joiz,
deyilgan. Ba'zi faqihlarga ko'ra,
muslima ayol bunda badanini
berkitishi kerak. Ular bunga
“qaysi bir ayol erining uyidan
boshqa joyda libosini echsa, u
bilan Alloh o'rtasidagi parda
yirtiladi” hadisini dalil qilishgan
(Ushbu rivoyatni Ibn Moja Oisha
roziyallohu anhodan naql qilgan).
Muslima ayollar poklanishi uchun
o'z uylarida etarli sharoit qilib
berilishi lozim. Faqat zarurat
yuzasidan, uylarida poklanishga
sharoit bo'lmagan hollarda
hammomga borishlari joiz.
Shunda ham yuqoridagi
shartlarga amal qilinadi. Ammo
uyida sharoit bo'la turib,
shunchaki hammomga borish va
turli nomaqbul ishlarni qilish
muslima ayollar uchun halol
emas. Bu borada Allohdan
qo'rqish kerak! Zero, o'z
jinsidagilar bilan nafsini
qondiradigan bandalar
la'natlangan!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 2