kerak?
Savol: assalomu alaykum,
Odilxon qori aka. Soliha ayol
qanday sifatlarga ega bo'lishi
kerak?
Javob: va alaykumus salom.
Hadisi sharifda aytilganidek,
soliha ayol dunyo matohlarining
eng yaxshisidir. Soliha ayol kuchli
imon sohibasi, taqvoli, pokiza,
iffatli, o'zini saqlovchi,
ibodatlarga e'tiborli, hayoli, iboli,
karima, oqila, dono, rostgo'y,
omonatli, eri borida ham,
yo'g'ida ham unga sodiq, har
qanday holatda sabr-qanoatli,
boriga shukr qiluvchi, ro'zg'or
ishlarini o'rniga qo'yib
bajaruvchi, ota-onasiga yaxshilik
qiluvchi, erining ko'nglini oluvchi,
qarindoshlari bilan silai rahm
qiluvchi, saxiy, rahmdil,
farzandlariga mehribon,
Parvardigoriga va eriga itoatli,
barchaga shafqatli, odamlarga
yaxshilik qiluvchidir.
Qaysi bir muslima ayol besh vaqt
namozni vaqtida o'qisa, Ramazon
ro'zasini tutsa, farjini haromdan
saqlasa va eriga itoat etsa,
jannatning xohlagan eshigidan
kirishi va'da qilingan (Ushbu
hadisni imom Ahmad
Abdurahmon ibn Avf roziyallohu
anhudan marfu' tarzda rivoyat
qilgan).
Ayolsoliha bo'lishi uchun
ko'chaga chiqib qandaydir
ishlarni bajarishi talab qilingan
emas. Uyida bolalarini yaxshi
tarbiyalab, namozini vaqtida
o'qib, ro'zasini tutib, iffatini
saqlab, eriga itoat etsa, ro'zg'or
ishlarini eplab o'tirsa bo'ldi,
jannatga kiradi. Mana shu hadis
har bir muslima ayolning shiori
bo'lishi kerak.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев