Revmatizm kasalligida eng ko‘p zararlanadigan a’zo yurak hisoblanadi (90-95%). Yurak zararlanganda hansirash, yurak sohasida og‘riq, sanchiq, yurak o‘ynashi va yurakning tez-tez urishi yuz beradi. Yurak nuqsonlari revmatizm xurujidan keyingi 2-3 yil ichida tez rivojlanadi. Agar o‘z vaqtida davo qilinmasa, bu holat nogironlikka olib kelishi mumkin.
Bundan tashqari, bemorlarda quyidagi asoratlar kelib chiqadi:
Revmatik xoreya-bu kasallikda yuzda turli ixtiyorsiz harakatlar paydo bo‘ladi. Ko‘z uchadi, qovoq ixtiyorsiz ravishda yumilib ochiladi;Bo‘g‘imlar shaklining o‘zgarishi (deformatsiyasi). Natijada bo‘g‘imlarda harakatning cheklanishi, bo‘g‘imlarning qiyshayishi kuzatiladi. Bu holat ham nogironlikka olib keladi.
Nima uchun asoratlar kelib chiqadi?
Ko‘p bemorlarni shu savol o‘rtaydi. «Nima uchun mening bolamda asoratlari kelib chiqdi? Hamma narsani qildim-ku?!»
Kasallik oqibatini belgilovchi omillarga revmatizm kechishining og‘irligi, revmatizm kasalligining tez-tez takrorlanishi, bolaning yoshi, noto‘g‘ri yoki vaqtida o‘tkazilmagan davolash muolajalari kiradi. Agar davolash erta va albatta, statsionar sharoitda o‘z vaqtida olib borilsa, yurak va boshqa a’zolarning shikastlanishi kam kuzatiladi.
Kasallik bolalarda qanday kechadi?
Surunkali tonzillit, ya’ni tomoq tez-tez og‘rib, yallig‘lanishga duchor bo‘lgan bolalarda angina kasalligidan so‘ng 10-14 kun o‘tib, revmatizm boshlanishi mumkin. Kasallik bolalarda kattalarga nisbatan ancha o‘tkir va og‘ir shaklda kechib, qaytalanishlarga moyil bo‘lishadi hamda ko‘pincha yurakning keskin shikastlanishi bilan kechadi. Revmatizm kasalligi bilan asosan maktab yoshidagi bolalar kasallanadi. Bolaning yoshi qancha kichik bo‘lsa, kasallik shuncha o‘tkir, og‘ir va tarqalgan shaklda uchraydi. Bu bolalar yurak orttirilgan nuqsonlarining rivojlanishiga, xoreya, poliartrit va boshqa xastaliklarga moyil bo‘ladi.
Kasallikning oldini olish
Organizm immunitetini oshirish;Organizmni chiniqtirish, to‘liq va o‘z vaqtida ovqatlantirish;Organizmdagi surunkali kasallik o‘choqlarini davolash.
Qanday tashxis qo‘yiladi?
shifokor-terapevt yoki revmatolog ko‘rigi;umumiy qon tahlili;qonni revmatizm kasalligiga maxsus tekshirish (revmaproba);yurakni tekshirish — EKG;yurakni UTT tekshirish;bo‘g‘imlarni rentgen tekshirish.
Davolab bo‘ladimi?!
Kasallik muntazam ravishda davolab borilishi lozim.
Bunda avvalambor shifoxonada faol yallig‘lanishga qarshi muolajalar olib boriladi. Keyinchalik kasallik faolligi pasaygach, maxsus revmatologik sanatoriyada yoki ambulatoriya sharoitida shifokor nazorati ostida davo davom ettiriladi.
Bunda bemor muntazam «dispanser» nazoratida bo‘ladi, muolajalar davom ettiriladi va kasallik qaytalanishining oldi olinadi. Agar kasallik asoratsiz kechsa, uni davolasa bo‘ladi. Lekin kasallik turli nuqsonlarni keltirib chiqarsa, unda bir umr shifokor nazoratida davo muolajalarini qabul qilishga to‘g‘ri keladi.
Boshqa savol-javoblar
Ремопроба натижалари | ATF.UZ —Onlayn tibbiy konsultatsiya
Qo'l og'rig'i | ATF.UZ — Onlayn tibbiykonsultatsiya
Qo‘l-oyoq uvishishiga sabab nima? | ATF.UZ — Onlayn tibbiy konsultatsiya
Қўл оғриши ва увишиши | ATF.UZ —Onlayn tibbiy konsultatsiya
Oyoq panjalaridagi og'riq | ATF.UZ —Onlayn tibbiy konsultatsiya
Qorindagi yog'ni ketkazish | ATF.UZ —Onlayn tibbiy konsultatsiya
Relap
REKLAMA
MAVZULAR
AllergologiyaAndrologiyaDermatologiyaDiyetologiyaEndokrinologiyaGinekologiyaKardiologiyaNevropatalogiyaOftalmologiyaOtolaringologiyaPediatriyaPsixologiya va psixatriyaStomatologiyaTerapiyaTravmatologiya va ortopediyaUrologiya
SAVOL-JAVOBLAR

Alifbo
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев