Qayerdan paydo Bõladi !!!!
Yigit qizning benihoya
suluvligini ko'rib
unga uylanishga ahd qildi.
Atrofdagilar
nimalar demadi? U parvo
qilmadi.
- Men baxtimni faqat shu
qizda
ko'ryapman, onajon.
Istaymanki, shu
qiz bilan menga xayrli hayot
taqdir
qilingan bo'lsin.
Uning istagiga ota-ona,
qarindosh-urug'
qarshi bormadi. To'ydan
avval u
bo'lajak rafiqasining to'y
libosi bilan
qiziqdi.
- Dugonalarim shunday libos
kiyganida
men ham xuddi
shunaqasidan kiyaman,
deb orzu qilgandim, - dedi qiz
yelkasi,
yengi yoqasi yo'q allambalo
narsaga
zo'r qiziqish bilan tikilib. - Bu
hozir eng
so'nggi urfdagi ko'ylak,
Italiyadan olib
kelingan...
- Go'zalim, senday chiroyli,
oqila qizga
bunday libos yarashmaydi.
Qaytanga,
sen shunday iboli, yarashiqli
libosda
nikoh kechasini yashnatginki,
bo'y
qizlar senga o'xshab
dunyoning eng
go'zal kelinchagi bo'lishni
niyat
qilsinlar. Sen emas, senga
havas
qilsinlar, chiroyligim!..
Qiz rad etishga chog'landi,
biroq
bo'lg'usi zavjining
nigohlaridagi qat'iyat
va muhabbat e'tirozdan
chekintirdi uni.
To'y bazmiga tashrif
buyurgan
mehmonlar kelinchakning
husnu
jamolidan hayratda qoldilar.
Ayniqsa,
ertakdagi malikalarning
kiyimini
eslatuvchi milliy
liboslarimizning
zamonaviy ko'rinishdagi
bichimi qiz
uzatish, yigit uylash orzusida
yurgan
onalarning, bo'y qizlaru bo'y
yigitlarning orzusiga aylandi.
Kayvoni
onaxonlaru duogo'y
otaxonlarning
chehrasiga mamnunlik
balqdi: "Ofarin,
to'y kuni odamday, ayolday
kiyinsa,
sharmu hayo bilan yuzidagi
parda bilan
nigohlarini begona ko'zlardan
pana
qilsa bo'lar ekanu! Eh, bu
qizni dunyoga
keltirib, tarbiyalagan ota-
onasiga ming
rahmat!"
Nikohdan keyin kelinchak
chiroyli
salom bilan kuyovga peshvoz
chiqqandi,
yigit juftining oppoq
barmoqlari
husniga rahna solib turgan
bo'yalgan
uzun tirnoqlariga qaradi:
- Jonim, bu ne hol? Bundan
buyog'iga
onajonimizning oshxonalari,
kapgiru
cho'michlarini sening
buyumingga
aylandi. Uzun tirnoqlarda
oshxonada
taom tayyorlash, kir yuvib, uy
tozalash
senga mushkul emasmi?
"Men shunga
o'rganganman" dersan.
Shunday ham
bo'la qolsin, go'zalim, ammo
bu tarzda
yurish gigienaga ham to'g'ri
kelmaydi.
Yana keksalar "Tirnoqlar
ostida shayton
bolalaydi" deydilar. Men
qo'llaringda
farishtalar o'ynashini, yurgan
yo'llaringga huru malikalar
gul
sochishini istayman. Endi sen
mening
izmimdasan, mening
jonimsan, bunday
ortiqcha "bezak"laringga
xohishim yo'q.
Senga oddiylik va samimiylik,
hech
kimga o'xshamaslik
yarashadi...
Bu e'tirof aralash e'tirozdan
so'ng
kelinchakning nozik
barmoqlari og'ir
yuklardan xalos bo'ldi.
Oppoq, mayin
barmoqlar laklanmagan, top-
toza
tirnoqlar bilan yanada
go'zallashadi.
"Voajab, nega shunga o'zim
ahamiyat
bermagan ekanman-a? Uzun
tirnoqlarda yurganimda
qo'limga xuddi
og'ir narsa ushlab olgandek
edim, endi
barmoqlarim yengil..."
Kelinchak
barmoqlariga qarab o'ylanib
qoldi.
Shu tariqa yigit juftini
muloyimlik bilan
o'zgartirishga kirishdi.
Ortiqcha
pardozdan voz kechilgandi
kelinchakning yuzi
avvalgidan-da nurli
chehraga aylandi. Yillar
shamoli bir
paytlari odamlar tannoz,
sovuq suvga
qo'l urmaydi deya
"ta'riflagan" suluv
qizni mehribon rafiqa,
g'amxo'r ona,
uddaburon uy bekasiga
aylantirdi.
Bir kuni yosh bolalari bilan
o'ralashib,
erining xonasini tartibga
keltirishni
unutib qoldirgan ayolni jufti
odatdagidek muloyimlik bilan
"jazoladi".
Nonushtadan so'ng ishga
chog'langan
erning xayoliga tuqus bir
hafta oldin
ishlaydigan xonasida
qoldirgan kerakli
hujjatlar tushdi. Ishxonadagi
surunkali
tekshiruvlardan charchab
kelib, uyidagi
ish kabinetiga kirishga fursat
qilolmasdi. Bugun
tekshiruvlarga kerak
bo'ladigan hujjatlarni bir hafta
oldin
uyiga olib kelib ishlagandi. Er
ish
xonasiga kirib yoyilib yotgan
qog'oz-
kitoblar, chang bosgan ish
stoliga va
kompyuter stoliga qarab
avval biroz
jahli chiqdi. So'ng
odatdagidek
g'azabini mayin tabassum
bilan yengdi-
da, yana bir saboq uchun
tadbir topdi.
U chang bosib yotgan ish
stoliga "Alloh
taqdir qilgan umr yo'ldoshim,
jufti
halolim, seni jonimdan ortiq
ko'raman",
xuddi o'sha holatdagi
kompyuter stoliga
esa "Farzandlarimning onasi,
onajonimning sevimli kelini,
qalbim
ardog'idagi malagim, umring
barakotli
bo'lsin!" deb yozib qo'ydi-da,
bolalarini
ovqatlantirayotgan ayoliga
mehr bilan
dedi:
- Onajonisi, iltimos, ish
xonamdan bir
hafta oldin olib kelgan
hujjatlarni olib
chiqib ber, haligi yashil jildga
solingan-
chi...
Ayol xonadan chiqib, jildni
eriga uzatar
ekan, yuzida iymanish va
xijolatli
tabassum o'ynardi. U erining
nima
demoqchiligini tushungan,
bundan
keyin bolalarga ham qarab,
uyning
tozaligiga ham jiddiy e'tibor
qaratishni
ahd qilgandi.
Xato qilgan ayoliga yomon
muomala
qilmasdan, balki uning aybini
go'zal
shaklda tushuntirib, noqulay
va
ko'ngilsiz vaziyatni
xursandchilikka
aylantirgan aqlli erning
oqilona
tadbirlari Oiladagi totuvlikni
mustahkamlaydi. Mana
shunday beozor
tarbiya saboqlari bilan baxt
sari
borayotgan juftlar haqiqiy
muhabbatli,
chinakam baxtiyor oilalardir.
Yomon
xotin qayerdan paydo bo'ladi,
degan
gapning ma'nosini endi
mulohaza
qildingizmi? Inson xato qiladi,
adashadi, yanglishadi. O'sha
yanglish
yo'lda yurgan muloyimlik va
mehr
bilan to'g'ri yo'lga boshlash
saodat
kalitini qo'lga kiritish
demakdir.
Ayniqsa, bunday vazminlik
bilan oila
qo'rg'oni yanada
mustahkamlanadi,
ayol o'zini sevimli, kerakli va
eng
muhimi hamma havas
qiladigan rafiqa
hisoblaydi. Baxtiyor erkak
uchun
shuning o'zi yetarli emasmi?
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1