pozitiv (qisqa fikrlar)
“Hamma erkak bir go‘r” iborasini
erini odamlar orasida yo‘qotib
qo‘ygan xitoylik ayol o‘ylab
topgan :)
Uning hursadligini ko‘rsam,
dunyo yanada charog‘on bo‘lib
ketadi; Har doim kulib tur :)
Har tun bir-birimizga xayrli tun
tilaymiz-u, lekin bu ablax yana bir
soat onlaynda nimaga o‘tirishiga
hech tushunmayman!!!
Ayniqsa hech kim sizga
ishonmagan paytlarda siz
o‘zingizga o‘zingiz ishonishingiz
kerak…
–Menga boshqa hech qachon
qo‘ng‘iroq qilma!
–Ok…
–Nima Ok!?
–Senga keyinroq qo‘ng‘iroq
qilishim kerak ekan :)
Qachondir atrofimdan yomonlar
yo‘q bo‘lishini juda qattiq
istaganimda, do‘stlarimni yo‘qota
boshlaganman…
–Senga uylansam, oyingga men
kim bo‘laman?
–Qutqaruvchi, faqat qutqaruvchi…
Yana uch yildan keyin ko‘rishsak,
menga yana ham chiroyli bo‘lib
ketibsan deysiz. Men esa – “Hali
qizimizni ko‘rmabsiz”, deyman.
–Salom, nima qilyapsan?
–Hayotdan quvonayapman…
–Yana ovqatlanyapsanmi?
–Ha!
Dunyoning eng chiroyli joyi seni
kutishayotgan tomonda bo‘ladi ;)
Men dunyodagi eng baxtli
odamman: Yeyishga ovqatim,
kiyishga kiyimim, uxlashga joyim
bor. Muhimi bular haqida o‘ylay
olish uchun sog‘ligim ham
joyida…
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев