iPhone smartfoni chiqarilishi
mumkin
Apple iPhone 6 smartfonining
128 Gb ichki xotirali turi ishlab
chiqarilishi mumkin. Bu haqda Phonearena.com sayti ma’lumotiga
asoslanib “Parol” nashri xabar
berdi.
iPhone smartfonlarining ichki
xotirasi kengaytirib bo‘lmasligi
sababli ko‘pchilik
foydalanuvchilar kattaroq
xotirali smartfon ishlab
chiqarilishini so‘rar edi.
So‘nggi ishlab chiqarilgan eng
katta ichki xotiraga ega ilk
smartfon iPhone 4s bo‘lib,
uning xotirasi 64 gigabaytni
tashkil etadi.
Endilikda esa, Apple
kompaniyasi yangi iPhone 6
smartfonida 128 Gb Toshiba
NAND xotira kartasini
o‘rnatishi mumkin. Biroq,
bunday xotiraga ega smartfon
4,7 dyuym yoki 5,5 dyuymli
iPhone 6’dan qaysi biri bo‘lishi
noma’lum. Taxminlarga ko‘ra,
128 Gb xotiraga ega
smartfonning narxi 849 dollar
bo‘ladi.
Manba: daryo.uz
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев