MEXIRNI AYTING
💖💖💖💖💖💖💖💖💖💖
Narxi qancha? mexirni ayting,
Hammasini sotib olaman.
Oqibat bor ostonalarga,
Kerak bölsa yotib olaman.
💖💖💖💖💖💖💖💖💖💖
Narxi qancha? mexirni ayting,
Olib beray mexirsizlarga.
Yopmasa bas yuzimga eshik,
Ulashaman qalbi muzlarga.
💖💖💖💖💖💖💖💖💖💖
Narxi qancha? mexirni ayting,
Bering yetim gödaklar uchun.
Közlarida ökinchmi ilinj.
Odamga zor yuraklar uchun.
💖💖💖💖💖💖💖💖💖💖
Narxi qancha? mexirni ayting,
Olishimga bormi qarshilar.
Özimgaham kerakdir biroq,
Ilinaman sizga yaxshilar.
💖💖💖💖💖💖💖💖💖💖
Narxi qancha? mexirni ayting,
Bormi axir uning baxosi.
Mexringizga bölay xaridor,
Biz hammamiz mexir gadosi
💖💖💖💖💖💖💖💖💖💖
Narxi qancha? mexirni ayting,
Yöqku aslo sotilmas pulga.
Dunyo talab savdogarlardek,
Mexir izlab chiqqanmiz yölga.
💖💖💖💖💖💖💖💖💖💖
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев