ko'zlarimda yosh. Xaqiqat oldida
egilganda bosh. Tobutda
yotardi go'zal qora qosh. Yor-
yor aytib bordik mozorigacha...
Yotardi u jim ko'zlari ochiq.
Yotardi jilmayib kulgular sochib.
Ko'zimdan yosh oqardi tinmayin
achchiq. Yor-yor aytib bordik
mozorigacha... U kirmagan edi
yigirmaga ham. Endi qo'ygan
edi hayotga qadam. Karaxt
bo'lib qolar eshitgan odam. Yor-
yor aytib bordik mozorigacha...
Ona voh dod deydi hushin
yo'qotib. Ota ne qilishin
bilmaydi qotib. Bola vidolashar
indamay yotib. Yor-yor aytib
bordik mozorigacha... Seplar
yig'gan edi orzular qilib. Bezatib
ham qo'ydik liboslar ilib. Onasi
yig'laydi bag'rini tilib. Yor-yor
aytib bordik mozorigacha...
Taqdirni qaranga yosh ketdi
essiz. Mevasi qolmadi o'tdiku
izsiz. Oq libos kiyvolib yotardi
hushsiz. Yor-yor aytib bordik
mozorigacha... Mana so'nggi
yo'lga kuzatdik go'zal. So'nggi
bor qo'limiz uzatdik go'zal. Bu
dunyodan ko'ra u dunyo avzal.
Yor-yor tugab qoldi
mozorigacha.....
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев