Umrni sarhisob qilib o`tamiz
Kimnidir dunyoda aldab o`tamiz
Bu dunyoda bormi o`zi diyonat
Ey birodar ota-onang g`animat
Inson yashar yolg`on kunning
ostida
Inson yashar qil ko`prik ustida
Inson yashar ko`cha-ko`yning
qo`ynida
Topgan boylik molu-dunyong
xiyonat
Bu dunyoda ota-onang g`animat
Ba`zan do`stdan chiqib qolar
dushmaning
Ko`zlab urar yashnab turgan
chamaning
Agar bo`lsa sevgan yoring
yomoning
Ota-onang yonidasan xijolat
Bu dunyoda ota-onang g`animat
Otang hayot xonadoning
charog`on
Onang hayot baxting to`kis
farovon
Ular borki bosgan qadaming
ravon
Har ne borki saqlay olgin qanoat
Bu dunyoda ota-onang g`animat
Mehr bergin ayolingga, gulingga
Mehr bergin ,farzandlaring
yo`lingga
Mehr bergin jigaring-u
qoshningga
Atrofingda yaqinlaring tumonat
Bu dunyoda ota-onang g`animat
Farzand uchun yemagan-u
yedirgan
Dilband uchun kiymagan-u
kiydirgan
Qaro ko`zim kam bo`lma deb
o`stirgan
Ular uchun qilolmasak inoyat
Bu dunyoda ota-onang g`animat
Yashayapsan bu dunyoda kimni
deb
Olomasang duosini onam deb
Tiriklikda yo`qlolmasang otam
deb
O`tgandan so`ng qilma bekor
dod –faryod
Tushun axir ota-onang g`animat
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев