Kimda ong bor, shul xitobni
tinglasin,
Garchi yuzin turfa niqob
to‘sganlar:
Alloh yo‘lin qaerdan ham
anglasin
Payg‘ambarin tanimayin
o‘sganlar?!
Kashf etganin bilar kim
yupiterni,
Zardusht o‘ylab topgan ming
asortirni,
Yelka qisgan bilmay Abu Bakrni
Payg‘ambarin tanimayin
o‘sganlar?!
Odillikda "Pyotr bir"ni o‘rnak der,
Ul tarixni yig‘lab-yig‘lab ko‘rmak
der,
Umar haqda aytilganni ertak der
Payg‘ambarin tanimayin
o‘sganlar?!
Kimning qaysi shajaradan
chiqishi
Unga xushdir, bor erur qiziqishi,
Usmon bilan bir chaqalik yo‘q
ishi
Payg‘ambarin tanimayin
o‘sganlar?!
"Alloh bir", deb tavhid uchun
yig‘lamas,
Eng haqiqat yo‘lni ko‘ngli
xohlamas,
Yo Ali, deb shirk keltirar har
nafas
Payg‘ambarin tanimayin
o‘sganlar?!
Otasiga bemehr-u, toshbag‘ir,
Onasiga bergan joyi hujradir,
Oyisha onam, desang, hayrat
ichradir
Payg‘ambarin tanimayin
o‘sganlar?!
Qiyomatni ertak deb bong urgan
ham,
Majlislarda Alloh yo‘q deb yurgan
ham,
Botil yo‘lni qalbga oshno ko‘rgan
ham
Payg‘ambarin tanimayin
o‘sganlar?!
Ularga haq so‘zni aytma, bo‘lmas
naf,
Barbir istab ketarlar boshqa
taraf,
Ko‘ngling buzar, dinga qarshi
tortib saf
Payg‘ambarin tanimayin
o‘sganlar?!
Tinglama bas, yolg‘onga g‘arq
so‘zini,
Istama eng og‘ir payt ham
yuzini,
Mushkul erur tanishi ham o‘zini
Payg‘ambarin tanimayin
o‘sganlar?!
Orzulari bir kun yeldir, tutundir,
Istaklari bir tomoqqa yutumdir,
Qiyomatda jahannamga o‘tindir
Payg‘ambarin tanimayin
o‘sganlar?!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев