Tavba qilib yo`llaringa kirdim bugun
Oxiratda jamolingni ko`rmoq uchun
Kechir mani kechir mani kechir Alloh
Bir ajib olam bo`ldi bu olami
Bandasini qiziqtirmas oxiratni g`ami
To`ymas bo`lib ketgan endi ummat kami
Kechir mani kechir mani kechir Alloh
Ayladi bu ishq savdosi holim xarob
Do`stlarim ham davo deya tutdi sharob
Bu dardlarga o`zing tanho malham bo`lib
Kechir mani kechir mani kechir Alloh
Muhabatning hidlari mast aylab mani
Unutishga urundilar nechuk sani
Ko`rsat endi manga to`g`ri yo`ling qani
Kechir mani kechir mani kechir Alloh
Yo`llaringdan adashdimku doim mano
Bu dunyoda go`zallikni sevgim mano
Raxm aylagil bu holimga o`zing sano
Kechir mani kechir mani kechir Alloh
Yo`llaringa boshlovchi bir tirgagim yo`q
Raxm aylagil sandan o`zga raxmonim yo`q
Sani yo`lingdan o`zga bir to`g`ri yo`l yo`q
Kechir mani kechir mani kechir Alloh
Gunohimni tog`ga aytsam ketur qulab
Qalbimdagi iymonim ham ketmasidin nurab
Keldim bugun Raxmonimdan raxm so`rab
Kechir mani kechir mani kechir Alloh
Ojizligim tan olurman ojizingman
Sani yo`lingda xizmatkoru qulingman
Bugun sanga maftun bo`lgan maftuniyman
Kechir mani kechir mani kechir Alloh
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев