Kibr boshni yeydilar. Bosilgan xar bir qadam. Qaytar dunyo deydilar.
O'ylab gapir xar so'zni. O'yin qilma xech qizni. Sirin sotsang gar do'stni. Qaytar dunyo deydilar.
Omad kelsa taqdirdan. Non uzib ber tandirdan. Nochor qolsang faqirdan. Qaytar dunyo deydilar.
Otangni xurmatin bil. Onang bo'lsa shukur qil. Yerdan pas bo'lma baxil. Qaytar dunyo deydilar.
Sajdaga top imkoning, Jannat bo'lsin makoning. Xar nafasing xar oning. Qaytar dunyo deydilar.
Duo olgin onangdan, Agar kelsa qo'lingdan. Yomon bo'lsang bolangdan. Qaytar dunyo deydilar.
Sevmasang gar ko'nglingdan. Sevdim dema tilingdan. Aldasang gar singlingdan. Qaytar dunyo deydilar.
Extiyot bo'l nafsingdan, Balo kelsa dastingdan. Yo xotining do'stingdan. Qaytar dunyo deydilar.
Akanga mexr ko'rsat. Xabar ol topib fursat. Qo'shninga qilsang xasad. Qaytar dunyo deydilar.
SHE'R YOZMADIM JO'RTAGA, GO'R KOVLASANG O'RTAGA. BUGUN YOKI ERTAGA, QAYTAR DUNYO DEYDILAR...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев