Chimildiq (Birinchi Jinsiy Aloqa Usuli)(Yangilandi)Har bir ayol va erkakning hayotida yuz beradigan birinchi jisniy aloqa aynan chimildiq eshiklari ortida bo'lishini o'zbekchiligimiz,madaniyatimiz, urf-odatimiz va dinimiz taqazo etadi. Aslida chimilqiqqa kirish bahtiga erishganlar bor, erishmaganlarham bor. Chimildiqdagi birinchi kechani imkon boricha ijobiy tomondan esda qolarlik qilib o'tkazish foydadan xoli bo'lmaydi.Birinchidan, yangalar kutib o'tirgan bo'lishidan qat'iy nazar shoshilmang. Axir bu sizning hayotingiz, sizning turmush o'rtog'ingiz bilan birgalikda qo'yayotgan birinchi qadamlaringizdir. Oldingizda axir butun tun. Shoshib-pishib harakat qilishdan hech kim yutmaydi. To'y yumushlaridan charchagan yangalar mazza qilib uxlab oladi, xolos. Ikkinchidan, chimildiqqa kirishingiz bilan aloqaga kirishmang. Erkak ham, ayol ham bunga ruhan tayyor bo'lishi kerak. O'zbekchilikdagi urf-odatlarga ko'ra ko'pincha bo'lajak er-xotin bir-biri bilan sovchilar yordamida tanishib turmush quradilar, bunda er-xotin bir-birini deyarli tanimagan bo'ladi. Shuning uchun chimildiq ichida bir-biringizga ruhan yaqinlashib, ana undan keyin jismoniy yaqinlashishni boshlasangiz bo'ladi.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 28