Marselo Chempionlar Ligasi finalidan so‘ng “Real”dan ketayotganini ma’lum qildi.
“Bu ‘Real’ safidagi so‘nggi o‘yinim va mana shunday yakun — ulkan baxt”, — dedi braziliyalik himoyachi finaldan keyin.
34 yoshli Marselo “Madrid” safida 18 yil faoliyat olib bordi. Himoyachi “qaymoqranglilar” bilan 25 ta sovrin qo‘lga kiritgan. Bu klubdagi rekord natija. Joriy mavsumdagi Ispaniya chempionligidan so‘ng Marselo “Real”da 23 ta sovringa erishgan Fransisko Xentoni ortda qoldirib, klub tarixidagi eng ko‘p sovringa ega chiqqan futbolchiga aylangan edi.
Marselo “Real”dagi faoliyati davomida 6 marta Ispaniya chempionligi, 2 marta Ispaniya Kubogi, 5 marta Ispaniya Superkubogi, 5 marta Chempionlar Ligasi, 3 marta UEFA Superkubogi, shuningdek, 4 marta Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida g‘alaba qozongan.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев