Yarashibdi qalamqosh. Lekin
nega közlaringda, Jilvalanar halqa
yosh? Gul bandidek
barmog'ingga, Tilla uzuk taqilgan.
Nima uchun qarog'ingga Alam
öti yoqilgan? Meni unut, taqdir
ekan, Yengolmadim qismatni.
Köz-köz qilma özgalarga
Qalbingdagi hasratni.
Yonginangda kuyov töra,
Alpomishdek savlati. Sen qizniya
olib ketdi Otasining davlati.
Qancha orzu qilgan edik, Böldi
barisi sarob. Endi senga köz yosh
qoldi, Menga bir qoldi sharob.
Buni umr savdo derlar,
Peshonangda bor ekan. Xafa
bölma kuyov bola Senga loyiq
yor ekan. Sevgimizni
tushunmasdan Ayirdilar nachora.
Qanday baxtli edik bizlar, Endi
qoldik be chora. Qara, hamma
raqs tushmoqda, Özlaricha qilar
töy. Bu bayramdan baxtli kim-u,
Kim afsusga böldi boy? Qöy
senga juda Yarashibdi
oq libos. Qani endi tabassuming
Libosinga tushsin mos. Quyi
egma boshingni hech,
Yig'lamagin har damda. Eh
sevgilim kechir meni, Turolmadim
va'damda. Ahd-u paymon qilgan
edik, Qismatimiz bu ekan. Bir
qissamiz bor ediya, Yakun qismi
shu ekan. Ota-onang baxting
uchun, Balki tög'ri qilgandir. Balki
meni senga loyiq Emas deya
bilgandir. Ne bölsada, bugun
töying, Tökma zinhor endi yosh.
Senga oliy saodatu, Baxt
tilayman qalamqosh. Endi, borgin
uying tomon Töxtama har
qadamda. Meni kechir, alvido yor,
Turolmadim va'damda...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев