“Qirollik klubi” bu mavsumda sermahsul o’yin namoish etib kelmoqda. “Real Madrid” futbolchilari ushbu mavsumda umumiy hisobda 20 ta rasmiy uchrashuvda maydonga tushgan holda 62 ta gol kiritishga erishdilar. Bu har bir uchrashuvga o’rtacha 3,1 tadan golga to’g’ri kelmoqda.
Bu natija kuchli beshlik (Ispaniya, Angliya, Italiya, Germaniya va Fransiya) chempionatlari orasidagi jamoalar ichida eng yaxshi natija bo’lib turibdi. Bu haqda xalqaro futbol federatsiyasi tarixi va statistikasi (IFFHS) ma’lum qilmoqda.
“Real” kuchli beshlikdagi barcha 98 jamoa ichida 62 gol kiritib dastlabki pog’onani egallab turgan bo’lsa, 60 gol kiritgan “Bavariya” ikkinchi, 59 gol kiritishga muvaffaq bo’lgan “Man Siti” uchinchi o’rinni egallab turibdi.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев