Gulim senga bir paytlar yor edim
Erkalashing mexringa xam zor edim
Sog'inganda qanot yozib uchardim
Qo'limda gul yo'llaringda kutardim
Tushimga xam kirmagandi aldashing
Xayolimda xamon o'sha qarashing
Xiyonating mangu qolar qalbimda
Isming xamon takrorlanar labimda
G'uncha edi xali bizni sevgimiz
Ikkimizni bog'lagandi ko'nglimiz
Yuragimga alamlarni joylading
Ishonchimdan foydalanib aldading
Kapalakdek guldan-gulga qo'narsan
Bir yurakda nechtasini sevarsan
Asl yuzing to'sgan ekan pardozing
Kechir dema eshitmayman ovozing
Menku mayli ilindima tuzoqqa
Yolg'on bilan borolmaysan uzoqqa
Xayot senga xaqiqatni aytadi
Unutmagin xiyonating qaytadi
Vaxtlar o'tib yuzdan ketar chiroying
Qilmishingdan azoblanar vijdoning
O'sha payt menga yetish tush bo'lar
Xammasini tushungada kech bo'lar
'' XAYOT SENGA XAQIQATNI AYTADI''
'' UNUTMAGIN XIYONATING QAYTADI''
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев