Soat 5da jiring jiring,
Budilnikni o'chiring!
Deb navbatchi qani turing,
Paxtaotizga yuguring,
Yuz qo'lingiz yuvib keting,
Navbat kelsa kirib keting!
Domla ketdi qachon edi,
Tez bo'lingda quvib yeting,
Adashtirmang marlini,
Tawang belgi borlini,
Telefonni unutmang,
Bu payt qo'ng'iroq kutmang!
G'imirlashib olishdi,
Tayyor bo'lib qolishdi,
Navbatchining sumkasiga,
Choynak kosa solishdi,
Qavat bo'lib taxlangan,
Buxankadan olishdi,
Qani qani bo'ling tez,
Fermer kelar o'wa kez,
Belgilangan otiz tomon,
Qadam tawlaymiz tez-tez,
Qo'lda ketmon sollanar,
O'tkir qiri tovlanar,
Suvo't, qamiw, yontoqlarga,
Chopaman deb yovlanar.
Mana keppa keng dala,
Paxtalari qaltiroq,
Egallagan o't o'lanlar,
Paxtalardan kuchliroq,
Biz qo'rqmaymiz lekin bundan,
Malakamiz owdi kundan,
Ilk bor ko'rgan o'rtoqlar ham,
O'rganvoldi undan bundan...
Wunday bo'ldi propolka,
Berdaq ajoyib o'lka!
"Sabo"
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1