Ma’yus ko’ngil dardlar !
Bundan 12 yil muqaddam ilk bor yig’lab ovozim chiqdi.Kimlargadir yoqimsiz bir ovoz edi u. Tug’iliwim Onam uchun baxtsizlik niwonasi,otam uchun esa qilingan xatolar mevasiga aylangandi. Mandek bir tawviwdan iloji boricha tezroq xalos bo’liw kerak. Nima qilsa bo’larkin…? O’z qo’llari bilan o’ldirib xarobaga uloqtirsinmi yoki bo’lmasam o’limdan xam azoblisi bolalar uyiga sovg’a qilsinmi…? O’ldiray desa wundoq xam sarxisobsiz gunoxlar sonini ko’paytiriwga arzimaydigan go’dak. Kel yaxwisi xatto ism xam qo’ymay bolalar uyining ostonasida omonat qoldiramiz.Ikki tomon roziligi bilan yomg’irli oqwomda mexribonlik uyining zinalarini ziyorat qildim. O’wanda atiga 20 kunlik norasida edim xolos…! Yuzlarimni yomg’ir tomchisi silab,tug’ilganimdan buyon aliwtirilmagan yo’rgagimni xo’llab,qorong’ulikning sovuq taftidan muzlab yotganimda pewonamga begona bir ayol qaynoq qo’llarini bosdi. Tirikmikan…? Onasi qani bu bechorani…? Naxotki bu go'dak xam ifloslik qurboniga aylangan bo’lsa…? Biz esa ular uchun. O’zimga bu savolni berganimda 7 baxorlik umr yig’gandim. Bu yowda maktabga chiqarkansan. Ammo maktabim xam o’wa dargox. Panjaralar ortidan atrofga boqardim. Man kabi 7 yowlilar qandaydir ayol qo’lidan tutib qayergadir ketiwardi. Biroq ularni bizga Onalik qiladigan ayollardan biri emas butunlay begona bir ayol yetaklardi.U ayollar kim..? Nima uchun tengdowimni yetaklab qayergadir olib ketayapti. Buning ustiga qo’lida maktab sumkasi. U biz bilan o’qimaydimi…? Uning maktabi aloxidami..? Savollarim sochlarim singari sanoqsiz…! Vaqt esa o’tiwda davom etardi. Fursat sayin farosatim xajmi kengayib tuwunib yetgan tuwunchalarim ortib borardi. Demak manga mexr beroyotgan ayollar xaqiqiy onam emas…! Agar ularning ichidan chiqmagan bo’lsam mani tuqqan ayol qayerda..? Panjarani pisand qilmay ko’chalarga owiqdim.Qaytganimda esa ko’nglim o’ksik ortirganim birgina nom. ,,Yetim’’ Bolachalar o’ynayotgan maydonchada ular bilan do’stlawmoqlikni ixtiyor etgandim. Ammo bir ayol kelib mani xaydab yubordi. ,,Yo’qol bu yerdan yetimcha’’ Uning aytgan uwbu so’zlari yuragimga og’ir botdi. Yana panjara ortiga qaytdm.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев