Qo`lingizga ruchaka va qog`oz olib biror narsa yozing va quyidagi savollarga javob bering, qarabsizki siz qanaqa tabiatga ega ekanligingiz kelib chiqadi, qani boshladik...
1. Harf hajmi:
-Juda kichik – 3 ball
-Kichik – 7 ball
-O`rtacha – 17 ball
-Katta – 20 ball
2. Harfning qiyaligi:
- Chap tomonga butunlay qiya – 2
- Chap tomonga biroz qiya – 4
- O`ng tomonga butunlay qiya – 6
- O`ng tomonga biroz qiya – 14
- Tik yozuv – 6
3. Harfning ko`rinishi:
- Yumaloq – 9
- Ma`lum ko`rinishsiz – 10
- Qiya – 19
4.Dastxat yo`nalishi:
- Yozuv yuqoriga "o`rmalaydi" – 16
- Yozuv to`g`ri – 12
- Yozuv pastga "o`rmalaydi" – 1
5. Yozuvda qo`l kuchining ishlatilishi:
- Yengil kuch bilan yozish – 8
- O`rta kuch ishlatish – 15
- Harflarni kuchli bosim bilan yozish – 21
6. Harflarning bog`lanishi:
- Harflar bir-biri bilan bog`langan – 11
- Harflar bog`lanmagan – 18
- Harflar goh bog`langan goh bog`lanmagan – 15
7. Umumiy baho:
- Harflar tartibli joylashgan – 13
- Ba`zi harflar aniq, ba`zilari noaniq yozilgan – 9
- Harflar tartibsiz, yozuvlar esa tushunarsiz – 4
NATIJALAR
- 51-58 ball to`plagan bo`lsangiz, uning sog`ligi zaif, xarakteri esa melonxolik tipga yaqinroq.
- 59-63 ballgacha kam harakat, jur`atsiz indamas xarakterida esa flegmatik temperamet elementlari ko`proq uchraydi.
- 64-75 ball yumshoq, ba`zan o`ta ishonuvchan g`ururi va e`tiqodi kuchli.
- 76-87 ball nihoyatda ochiqko`ngil yaxshi ta`surotlarga boy, istarasi issiq, odamlar bilan muomilasi yaxshi, o`ziga xos hurmat e`tiborga ega.
- 88-98 ball aniq va puxta ish yurita oluvchi, kuchli va barqaror, tashabbuskor, muammolarni oqilona hal qila oluvchi.
- 99-109 ball egoistik xarakter ko`proq uchraydi. Ba`zan betga chopar, ba`zan yengiltak. Odatda birovning fikrlari bilan hisoblashmaydi, tez ranjiydi, birovni tez xafa qilishi ham mumkin, hamma do`stlari bilan ham bir xil muomilada bo`lmaydi, mayda gap, serjahl. Lekin bunday kishilar orasida juda iqtidorli va ijodiy ishga qobiliyati yuksak kishilar ko`proq uchraydi.
- 110-120 ball bunday dastxat mas`uliyatsiz, qo`pol, balandparvoz o`ta g`ururli kishilarda uchraydi.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев