Bu qanday azob,
qanday og'riq-ki,
menga tinmay ozor beradi?
Sensizlikni seni
ko'rmagan ilk daqiqamdan
boshlab his qilaman.
"Mensiz yashay olasiz" degan
gaplaring rost!
Yashay olaman, lekin
yuragim har daqiqada
sensizligimni eslatib menga
tinchlik bermaydi! Xuddi u
bo'g'zimga keladi-yu, chiqib
ketayotkandek kuchli zarb
bilan ura bowlaydi!
Sensiz xuddi ko'cham to'la
tikonu, o'sha tikonlarni
har kuni bosib azob bilan
kunimni
boshlagandekman. Go'yoki,
zulmatdan o'z gulimni
axtaraman lekin nuqul
qo'limni gulga cho'zganimda
tikoni sanchilib menga ozor
beradi.
Tunlarim esa uyqusiz, chunki
sensizlik menga
taskin bermaydi. Shunday bir
sokin orombaxsh
tun menga go'yoki, shovqinli
tuyuladi. Negaki,
mening qalbim va yuragim
har soniyada sening
isming ila jaranglab bong
urib turmoqda. Mayli jismim
bu foniy dunyoni sensiz
yashab o'tsin,
ammo o'y-hayollarim, qalbim
faqat sen bilan
so'nggi nafasimgacha qoladi
va qalbim hech
qachon seni orzu qilishdan
to'xtamaydi.
Sog’indim…
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев