esingizdan chiqnasin SENI SEVAMAN DEGAN INSONI NIYATI BUZUQ BÖLISHIXAM MUMKIN (OGOH BÖLIGLAR.)Darslar tugab, uyga qaytganida uy qulf edi. Zuxra o'z kaliti bilan eshikni ochib, uyga kirdi. Aftidan, Nargiza va Omadbek maktabga ketib bo'lgan. U uyda hech kim yo'qekan deb o'ylay boshlaganida Fotimaning xonasidan yig'i tovushlari eshitilayotganini sezdi. Uovoz chiqarmay opasining xonasiga yaqinlashdi va ichkaridagiyig'iga quloq tutdi. Opasining ovozini eshitib, Zuxra xona eshini ochdi. Ichkarida Fotima krovati ustida tizzalarini quchib, yig'lab o'tirardi. Fotima singlisi xonaga kirganini sezmadi ham.-Fotima? Nima bo'ldi? -dedi Zuxra havotirli ohangda.-Iye, Zuxra, qachon kelding? -Fotima shunday deb ko'zyoshlarini artarkan, o'rnidan turdi.-O'tiraver, -dedi Zuxra, opasiniyelkasidan ushlab, krovatga o'tkizarkan. -Nima bo'ldi? Nega yig'layapsan? -deb so'radi Zuxra, opasining yonidan joy olgach.-Hech nima, men shunchaki. . .-Shunchaki yig'lab o'tirganingga meni ishontirmoqchimisan? Foti, men seni eng yaqin dugonang, ham egizak singlingman, mendan sir yashirasanmi? Qani ayt, kim seni hafa qildi?-Men. . .-Yigiting bilan biror gap bo'ldimi?-U meni tashlab ketdi, -deya xo'ngrab yig'lab yubordi Fotima. Zuxra uni mahkam quchoqlab oldi.Fotima ham Zuxraniquchib, yig'lashda davom etdi.-Nega tashlab ketadi?Zuxra Fotimaning yigitini yaqindanbilmasada, uni ko'rgan edi. Murod ismli bu yigit Fotima bilan qariyb bir yil uchrashib yurishgandi.-Mendan ko'ngli qolganmish, oxirgi vaqtda arzimas narsadan janjal chiqaradigan bo'lib qolgandi,-yig'i aralash gapirdi Fotima.-Mayli, bo'lar ish bo'libdi, sendek ajoyib qizni tashlab ketganiga u hali pushaymonlar yeydi. Yig'lamagin.-Men ahir. . . Men. . . U meni. . .-Nima? Gapirsangchi, nima bo'lgan?-Men endi qiz bola emasman! -deya battar ho'ngrab yubordi Fotima.Zuxra o'tirgan joyida taxtadek qotib qoldi. Fotima yuzini ikki kafti bilan berkitib xonadan chiqib ketdi.Zuxra opasiga achina boshladi.Zuxra o'rnidan turib, xonadan chiqdi. Vannaxonadan sharillab oqayotgan suv ovozi eshitilardi. Eshik ochiqligini ko'rganZuxra ichkariga kirdi. Jo'mrakdagi suvni ochib qo'ygan Fotima polga o'tirib olgan, sochlarini changallagancha unsiz yig'lardi.Zuxra suvni berkitib, indamay opasini yoniga cho'kdi:-Qachon bo'lgandi?-Uch oycha avval. "Baribir senga uylanaman" deb meni ishontirgandi.-Keyinchi?-Uyiga olibbordi. . . O'sha yerda ovqatlangandik. . . Ovqatga qandaydir dori aralashgan ekan. . . Men o'zimni to'xtata olmadim, hissiyotlarimni jilovlay olmadim. ..-Bu bir marta bo'ldimi?-Avval har kuni birga bo'lardik."Seni sog'indim, seni hohlayapman" deb aldardi. Keyinchalik mendan ko'ngliqoldimi, aloqalarimiz kamaya boshladi. . .Fotima xo'ngrab yubormaslikdan o'zini zo'rg'a tiyib turardi. Zuxra beixtiyor opasini quchoqlab oldi. Keyin o'rnidan turib, xonasiga kiribketdi va kiyimlarini almashtirib, opasining yoniga qaytdi.-O'zingni qo'lga ol, -dedi u opasiga, -bo'lar ish bo'ldi, endi buni to'xtata olmaysan. O'rningdantur, yuvinib ol.Fotima so'zsiz singlisiga bo'ysundi. U jo'mrakni ocha boshlaganda, Zuxra uni to'xtatdi.-Men hafa bo'lgan, asabiylashgan vaqtlarimda dush qabul qilaman. Bu menga yordam beradi. Kiyimlaringni yech, dushga kirasan.deydi shunda qiz sovuq suvni badaniga tushotkaniga tikilip turdi yana yig'ladi endi nima qilaman ota -onamni koziga qanday qarayman degan savollar qiynardi .. .....:DAVØMÎ ßØR.....
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 3