ko'ngil to'rini, Ko'z yoshing
yuvmaydi zamin sho'rini, Ba'zan
murda ham topolmay qolar ekan
go'rini, Yo'qchilik yiqitar yigit
zo'rini! So'zing ham o'tmay qolar
ekan goh, Qochishadi oshna-
og'ayni seni ko'rgan chog', Qani
ishongan bog', suyangan tog' ?!
Yo'qchilik yiqitar yigit zo'rini!
Tashvishlar o'raydi to'rt
tomoningdan, Tosh chiqaveradi
yegan noningdan, O'zingnikilar
ham ba'zan o'tkazib yuborar-da
joningdan, Yo'qchilik yiqitar yigit
zo'rini! Omad yo'q, atalaga ham
o'tmaydi tishing, Yo'qlab kelmas
ekan bir yaqin kishing, Nomard-
u, pastkashga tushadi ishing,
Yo'qchilik yiqitar yigit zo'rini!
Xudo o'zi bilar kim qachon ketar,
Bir kam bu dunyo ko'ngling xun
etar, Husningdan ayirar, kuning
tun etar, Yo'qchilik yiqitar yigit
zo'rini! Orzu bog'ing darddan
beradi hosil, O'ylayverib oxir
o'zing ham bo'lasanku sil!
Osilsang ham saal pastroq dorga
osil, Yo'qchilik yiqitar yigit
zo'rini! Yigit yiqilsa, nopok xotin-
to'ra, Ko'rmaganni ko'rgani qurib
ketsin, jo'ra! So'rasang ham
bandadanmas, Xudodan so'ra!
Yo'qchilik yiqitar yigit zo'rini!
Man man degan yigitlar sinar
hayot zo'ridan, Singanga kim
ham joy beradi davra to'ridan?!
Kim bo'shatib beradi issiq
o'rnini!?
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев