yo’q.
Sevib bo’ldim Sizsiz o’limni..
Yana ming yil yashasangiz ham,
Tushunmaysiz mening
ko’nglimni..
Kutmang, Sizga bermayman
ortiq,
Umrimning bir lahzasini ham..,
Yuragimni yulib tashlayman,
Azoblarga topaman chidam!
Hechqisi yo’q, Yashab ketaman!
Sizdan yorug’, Sizdan balandroq,
Nasib ekan so’ngsiz o’limni,
Tirik vujud bilan ko’tarmoq.
Qoldirmoqqa urinmang, illo,
Boqmang ilhaq, intiq, g’amangiz.
Menga behad yolg’on tuyular,
Ishqqa o’xshab ketgan
ta’mangiz.
Nima qilay, Shunday oshiqman,
Tabiatan va yoki dilan:
Sevsam juda qattiq sevaman,
Ruhim, jismim, hayotim bilan!
Nomingizga qo’shilib o’sdim,
Har kun, Har tun mahrum va
badar.
Men Sizniki bo’lib yashadim,
Bilsangiz, to shu kunga qadar!
Ammo bildim. Siz butkul boshqa!
Buloqdirsiz – sokin va beg’am.
Anglamaysiz, bir kuni aytmay,
Poyingizda suvsab o’lsam ham.
Yo’q, bu ishqni ko’tarolmaysiz,
Sizni ezar tahqir va ta’qiq.
Bu dunyoda eng go’zal sevgi,
Hamisha xor, mahkum,
mustahiq!
Keting, Sizga ehtiyojim yo’q!
Sevsam endi sevgum O’limni..
Yana ming yil yashasangiz ham
Tushunmaysiz, afsus,
ko’nglimni….
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев