" Ezgu orzulari
bo'lganida puch,
Ayol xiyonatiga kelganida duch. Nafsini
yengmoqqa topolmasa kuch, Alamdan
ezilib,
erkak yig'liydi. Xaqiqat olovdir, yolg'on bir shisha,
Xaq gapni etmoqdan qilmam andisha.
Qizi nogox
bo'lib qolsa foxisha, Xammadan yashirib
erkak yig'liydi. Cheksiz xasratlarga
qolganda botib, Ayriliq dog'ini ko'rganda totib. Bolasini tobutin
qolsa
ko'tarib, Yurakdan o'kirib, erkak
yig'liydi. Xizmat
qilolmasa tikib jonini, Rozi qilolmasa
otajonini. Tuproqqa qo'yganda onajonini, Uyalmay
bo'kirib,
erkak yig'liydi. Do'sti sotib ketsa og'ir
kunida, Dardkashi bo'lmasa aslo yonida.
Omadi chopmasa
ish maydonida, Bir chetga o'tirib, erkak yig'liydi.
Shayton quchog'ida yotsa bolasi,
Vijdonin iblisga
sotsa bolasi. Qariyalar uyiga otsa bolasi,
Ajalin
chaqirib, erkak yig'liydi. Xaromni tanlasa, xalol
turganda, Navqiron yoshligini uvol
qilganda. Qirq do'sti bo'lmasa, qirqqa
kirganda, Chin dildan
o'rtanib, erkak yig'liydi. Choyxonada
o'tkazgan bo'lsa umrin, Xech masjid tomonga
burmasa
yo'lini. Bir kuni tushunsa adashganligini,
Umriga
achinib, erkak yig'liydi. Toshdan ham
qattiqdir yetimlik noni, Taqdirida bo'lsa sag'irlik
oni. Ming bir azoblarda qolganda joni,
Ko'ngliga suyanib,
erkak yig'liydi. Maylaru sharobga bo'lsa
u oshiq,
Jirkanch odatlargami yashasa sodiq. Nom
qozonolmasa ablaxdan ortiq, Bir kuni
og'rinib,
erkak yig'liydi. Xech ham baxt
ko'rmasdan bir kuni
oxir, Og'zim oshga yetdi deganda asl. Ajal sari "ketdik" desa Azroil, "E vox",
deb baqirib, erkak
yig'liydi.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев