okaxonlarimmizga xazil sher
Sendan bekitib men ko'p bor,
Hiyonatlar qildim oldin.
Afsusdaman endi ming bor,
O'zingdan qo'ymasin, xotin!
Yarashar erkakka yursa,
Debman, o'ylaymayin ortin.
Sen-la yurmaymanmi
yursam,
O'zingdan qo'ymasin, xotin!
Yo'ldan urdi meni shayton,
Devdim, bir bor totay totin.
Quchibman qo'ynimda ilon,
O'zingdan qo'ymasin, xotin!
Shimarmasdan yengginamni,
Qolmadi bu cho'ntak butun.
Shilib oldi terginamni,
O'zingdan qo'ymasin, xotin!
Biri "qani, yuring" deydi,
Biri "uyga bormang" deydi,
Bari mullajiring deydi,
O'zingdan qo'ymasin, xotin!
Chatoq ekan "erkakchilik",
Bo'lib qoldim ermak tirik,
Ularga bu tirikchilik,
O'zingdan qo'ymasin, xotin!
Ko'z joyida turmay qoldi,
Yurak tekis urmay qoldi,
Kassa "plus" ko'rmay qoldi,
O'zingdan qo'ymasin, xotin!
O'zing zo'rsan, kelsam, bo'ldi,
Bir borgina kulsam, bo'ldi,
Senga ko'ngling olsam -
bo'ldi,
O'zingdan qo'ymasin, xotin!
Qurib ketsin go'zallari,
Mingtasidan o'zarlari,
Yurgum mingta qadam nari,
O'zingdan qo'ymasin, xotin!
Sen taqdirdan atoyimsan,
Bir mehrimga gadoyimsan,
Fanoiyga begoyimsan,
O'zingdan qo'ymasin. xotin!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев