Предыдущая публикация
Yoshlar tark etib uyin
Bir oy sayohat o'yin
Asal oyi boshlanar
O'zbeklarda boshqacha
Asal oyi bir kecha
So'ng har tong supirar ko'cha
Sahar oyi boshlanar
Bechora kelin kuyov
Tunda uchrashar birov
So'ng ko'ngli aynib darrov
Tashar oyi boshlanar
Bo'lishar ota-ona
Olti yilda to'rta bola
Maktabgayu bog'chaga
Chopar oyi boshlanar
Kerak ko'p pul topishi
Uy qurub tom yopishi
Kamlik qilib chopishi
Uchar oyi boshlanar
Qiz etilgach uzatib
Zeb-ziynatla kuzatib
Sandiqlarni bo'shatib
Sochar oyi boshlanar
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев