o‘z faoliyatini "MTS-
O‘zbekiston” ("O‘zdunrobita”)ning sobiq
quvvatlari orqali yo‘lga qo‘yayotgan UMS
mobil aloqa operatori o‘z abonentlariga
4G-internet taklif qilishi mumkin. Bu
haqda o‘z manbalariga asoslangan iLike.uz blogiga tayanib, "Kun” xabar
bermoqda."Manbalarning
tasdiqlashicha, UMS o‘z faoliyatini LTE
2600 (4G) texnologiyasi bilan
boshlaydi”, — deb yozadi blog.
Blogning qayd etishicha, bu xizmat
barcha abonentlar uchun mo‘ljallangan
bo‘ladimi yoki uni alohida tarif sifatida
sotishadimi, hozircha bunisi noma’lum.
"Tariflar to‘g‘risidagi ma’lumotlar qat’iy
sir saqlanmoqda”, — deb xabar
bermoqda iLike.uz .
Qayd etish joiz, avvalroq "MTS”ning
O‘zbekistondagi yangi sho‘basi uchun
tarif siyosatini tashkil etish bo‘yicha
mutaxassislar kerakligi ma’lum
bo‘lgandi.
Ma’lumot uchun, Rossiyaning "MTS”
kompaniyasi hamda O‘zAATTQning
"Radioaloqa, radioeshittirishlar va
televideniye markazi” DUK o‘rtasida
tashkil etilgan UMS (Universal Mobile
Systems) kompaniyasi tijoriy faoliyatini
1-dekabr kuni boshlashi kerak.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1