KICHIK OʻYLANTIRUVCHI HIKOYALAR.
Kunlardan bir kun koʻmirchi kondan marvarid topib olib: “Oq koʻmir boʻlmaydi” , — deb chiqitga chiqarib yubordi.
• • •
Kunlardan bir kun uning xayoliga ajoyib bir gʻoya keldi. Oʻylab koʻrdi , yuragi uni olgʻa talpintirdi. Aql gʻolib keldi. U hech kimligicha qoldi.
• • •
Kunlardan bir kuni yozuvchi asarni boshladi… Soʻnggi betlar … Asar qahramonining axmoqona qiliqlari uning gʻashiga tegdi… Qoʻlyozmani olovga otdi. Avtobiografik asar chop etilmay qoldi.
• • •
Kunlardan bir kuni ovchi ovga chiqqan tulkini poyladi… Juda ham nimjon va oriq tulki… Oʻq ovozi… Ovchining va tulkining oilasi och qoldi…
• • •
Kunlardan bir kun unga pora taklif qilishdi… Olmadi… Uzoqda yashardi… Piyoda uyiga qaytdi. U gʻururli va kamsuqum oʻqituvchi edi.
• • •
Kunlardan bir kun U ishiga juda ham berilib ketib, bugun bugunligini bir ondan soʻng kelajak ekanligini unutib qoʻydi, kitobdan boshini koʻtarganida xonasining eshigidagi “Tarix xonasi” degan yozuvga koʻzi tushdi.
• • •
Kunlardan bir kun u jazo muddatini oʻtab chiqdi… Koʻz oldidagi panjara yoʻqoldi, lekin yuragidagi panjara emas… Esiz shuncha yil…
• • •
Kunlardan bir kun u Gippokrat qasamyodini qildi. Endi u doktor! Yoʻldagi avto halokatdan qonga belangan tanaga birinchi yordam ham koʻrsata olmayotganida dars vaqtida uxlaganlari koʻz oldidan tiniq tush kabi oʻtib ketardi…
#Qalbim...🥀🥀🥀
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1