bo'lsa-da,haqiqati ham bor ekan.
Bir do’konning qarshisida uch-
to’rt xotin,
Gurunglashib kutar arzon yog’
navbatin.
O’sha yerdan o’tib qoldi bitta
erkak,
Huddi shundan boshlanadi
bizning ertak.
U ayollar ichra biri go’zal edi,
O’zi yoshu, ammo so’zi masal edi.
O’sha erkak qarab sekin o’ngu-
chapga,
U ayolni quvlik bilan soldi gapga.
Dedi: - Singlim, sizga rahmim
keldi juda,
O’rningizga kuyov bola kelmapti-
da.
Ayol dedi: - Erim o’tgan, bir bolam
bor,
Ikki yilki bir o’zimga qolgan
ro’zg’or.
Erkak dedi: - Qiynalibsiz g’amlar
yutib,
Yog’ uchun ham yurasizmi navbat
kutib.
Navbat kutib yoshligingiz bo’lar
uvol,
Erga tegishingiz kerak gulday
ayol.
Mening uyim to’la yemish, yog’u
unlar,
Omborxonam to’la meva, donu
dunlar.
Ikki uyda ikki dona xotinim bor,
Istasangiz bo’ling menga
uchunchi yor.
Ayol dedi bir oz o’ylab bir oz
kulib:
-Kundoshlarim qo’yishsachi
sochim yulib?
Mayliku-ya ikki xotin tinch
yotishsa,
Ne qilaman derazamga tosh
otishsa?
Erkak dedi: - xotinlarim
bilishmaydi,
Bilishmagach, tinch yashaysiz,
urishmaydi.
Hammangizni teng ko’raman
toqat bilan,
Visol tuni – uch kunda bir navbat
bilan.
Ayol dedi kulgusini ichiga yutib:
-O’larkanman u yerdayam navbat
kutib.
Mashinaga, uyga navbat kutgan
edim.
Navbat kutib ko’z duxturdan
o’tgan edim.
Ammo bunday ko’chalardan
o’tmaganman,
O’g’irlikcha erga navbat
kutmaganman.
Rozi bo’lsam, bilmam, nedan
yutarkanman.
U yerdayam, bu yerdayam
kutarkanman.
Uch kunda bir yor kutgandan
bo’ynim egib,
Bir oyda bir yog’ kutayin qomat
kerib.
Erkak dedi: - Tavba, bu ne
deganingiz?
Axir kunda osh bo’lardi
yeganingiz.
Ayol dedi: - Bu deganim –
bermang ozor,
Oshqozonim tepasida Yuragim
bor.
Erkak dedi: - Mendayam bor o’sha
yurak,
Rostin aytsam, menga faqat
savob kerak.
O’ngimdayam, tushimdayam
savob deyman,
Uyimdayam, ishimdayam savob
deyman.
Ayol dedi: - Kechiring, ey yaxshi
odam,
Beva ekan men-la turgan ayollar
ham.
Yoshlari sal kattarog’u mehrga
zor,
Kerakmasmi to’rtinchi yo
beshinchi yor?
Shoshmay turing, ularni ham
chaqirayin,
“Ochildi baxtimiz” deya baqirayin.
Suyungandan aqillari shoshar edi,
Savobingiz besh barobar oshar
edi.
Shunda erkak chin niyatin ochib
ketdi-
Mashinasin yurgizdiyu, qochib
ketdi.
Mullakalar, ojizgina ayoldirmiz,
Balki kalta o’yu, kalta hayoldirmiz.
Orangizda saxiy, hotam kishilar
ko’p,
Olam-olam ehson qilib, olishmas
cho’p.
Chin sahiylar muhtojlarga lagan-
lagan,
Osh kirgizib, kimdanligin
aytishmagan.
Xabar olib qo’shnisining yo’q-
boridan,
Kiyim-kechak, non tashlagan
devoridan.
Marhabo der: - Baxtu omad,
qiyinchilik,
Hamma narsa o’tkinchidir,
vaqtinchalik.
O’tinch: Bizni nafsingizga
talashtirmang,
Savob so’zin ishrat bilan
adashtirmang!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 4