Meni kimligimni
Bilmaydi hechkim
Men bir g'alatiman,
Men alohida.
Ko'zimning yoshini keladi ichgim
Tilimni chaynagim kelar gohida.
Oy mening yelkamga o'tirib olgan
Oftob g'avg'o solar
Yurgan yo'limga.
Xayol tushovidan chiqolmay qolgan,
Umrimni topshirib qo'ydim ko'nglimga.
Endi toshni tepsam,
O'par izimni.
Yerga ag'anasam-
Yer ham devona.
Barmog'in o'pkandim suygan qizimi,
Qo'li yonib ketdi
Gurillab mana.
Yondi,
Yonaverdi
Kokillari,so'ng,
Charsillab yuragi
Yondi bearmon.
Yarmi yonib bo'lgan
Ko'ylagi bir yeng
Ishqning bayrog'iga
Aylandi alvon!...
Va o'pdim bayroqni
Men o'sha alvon,
Olovtan,
Olovjon,
Qizil cho'g' to'shalgan
Chimildiq tomon
Otdim men o'zimni
Misli o'tparast.
Uyg'onsam-ko'rpam kul,
Yig'lar sevgilim.
Men seni yeg'la deb
Quchgan edimmi?
Ayiq bosgan gulday
Ezildi ko'nglim,
Yovoyyi o'rdakka
Berdim sevgimni!...
O'rdak uchti-ketdi,
Mung'ayib qoldim.
Hayratim opketdi
Qanotida u.
Kim meni aldasa-
Xudo soldim,
Mayli aldanmasin
Xayotida u.
Qoldim kul ko'rpamda
To'shagim tuproq.
Ilonlar chaqar,
Ammo
Gapirmas yolg'on!...
Meni kimligimni
Bilmaydi hechkim.
Men bir g'alatiman,
Men alohida.
Kiyiklar qonini
Keladi ichgim,
Chayonni chaynagim
Kelar gohida.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев