deymiz...
Yaxshi ko‘rishimizni ayta olmasak, borliging uchun rahmat deymiz…
Yashashni istamayman deymiz-u, lekin kimdir bu fikrimizdan qaytarishini istaymiz…
Kutganimizni ola olmasak, sendan menga boshqa hech narsa kerak emas deymiz…
Biz endi hech qachon ovozini eshitishni istamaydigan odam qo‘ng‘iroq qilganda, biror nima deb alday olamiz…
Biz aynan istagan insonimizga kerak bo‘lmasak, hech kimga kerak emasman deymiz…
Yordam so‘rashga uyalib, o‘zim hal qilaman deymiz…
Sen yaxshi do‘stsan, deymiz-u, lekin davomida bundan ham yaqinroq kishi bo‘la olasan deyishga qo‘rqamiz…
Senga ishonaman deymiz-u, lekin o‘yinchoq bo‘lib qolishdan qo‘rqamiz…
Biz juda ko‘p keraksiz va bema’ni gaplar gapiramiz. Keraklilari esa tilimiz uchida qolib ketaveradi… Har doimgidek jim yashayveramiz. Tuyg‘ularingizni yashirmang, ota-onangizni, yaqinlaringizni quchoqlab qo‘ying, kimnidir sevsangiz unga buni ayting, yaxshi do‘st bo‘lsa tez-tez unga buni ta’kidlab turing…
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев