Endi qaytmaysan sen qaytmaydi ular
Ketding... Mehrga zor qoldi ko'ngillar
Men seni kuzlarga ataganmidim...???
Quchog‘imdan oldi seni shamollar
Dardimning davosi bo‘lmas hayollar
Qalbimni tirnaydi o‘sha savollar
Men seni kuzlarga ataganmidim...???
Kelgan eding bahorday jilmayib asta
Yo'llarim bezarding qo'yib guldasta
Ketding yig'layabman ko'nglim shikasta
Men seni kuzlarga ataganmidim...???
O'tmish yaralaydi qalbimni tuzday,
Sevgim muzlab qolgan erimas, muzday,
Asrardim tilimda eng shirin so'zday.
Men seni kuzlarga ataganmidim...???
Bahtli emasmiding bahor chog'lari
Sensiz qoldi mag'zun ko'ngil bog'lari
Ishq deya ko'nglimda xijron dog'lari
Men seni kuzlarga ataganmidim...???
Endi qahratonga yuzlanar yo'lim,
Uzatsam yetmaydi senga xech qo'lim,
Aytchi...Kuzda xazon bo'lgan bevafo gulim,
Men seni kuzlarga ataganmidim...???
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев